Laboratoriya ishi №12 Mavzu: : kremniy va uning birikmalari I shning nazariy asosi


Download 45.88 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi45.88 Kb.
#1154628
Bog'liq
12-laboratoriya ishi


LABORATORIYA ISHI № 12
Mavzu: : KREMNIY VA UNING BIRIKMALARI


I shning nazariy asosi Kremniyning D.I.Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi o‘rnini, elektron konfigurasiyasini va uning atom o‘lchamini, namoyon qiladigan oksidlanish darajalarini ko‘rsating.


I shning bajarish tartibi
1. Erkin kremniy va silanning olinishi. 2 mikroshpatel toza qum (kvars qumi yoki silikagel) va 4 mikroshpatel magniy kukuni olib, shisha ustida shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmani o‘tga chidamli probirkaga solib, shtativga tik holda mahkamlang. Dastlab probirkaning hamma tomonini, keyin esa uni aralashma turgan joyidan qizdiring. Aralashmaning kuchli cho‘g‘lanishini belgilang. Shu paytda qizdirishni to‘xtating. Aralashma sovigandan probirkani qog‘oz ustida sindiring va kremniy, magniy oksidi, magniy silisidlaridan iborat qotib qolgan massani shisha siniqlaridan pinset yordamida ajrating. Ichida 10-15 tomchi 4 n xlorid kislota eritmasi bo‘lgan tigel tayyorlang va unga hosil qilingan massadan bir necha bo‘lakchalarini tushiring. Reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan silanning (SiH4) o‘z-o‘zidan alangalanishini va tigelda qolgan kremniy kukunlarining rangini belgilang.
Kremniyning ishqor bilan o‘zaro ta’siri. Oldingi tajribada olingan kremniy kukunidan ozgina olib, probirkaga soling va uning ustiga 2-3 ml konsentrlangan ishqor (NaOH) eritmasidan quying. Probirka og‘zini gaz o‘tkazuvchi egik nay o‘rnatilgan probka bilan berkiting. Ajralib chiqayotgan gazni suv ustida yig‘ing va uning tabiatini o‘rganing. Reaksiya tenglamalarini yozing.
2.Silikat kislota geli va zolining olinishi.
a) silikat kislotasining olinishi. Probirkaga natriy silikatning yangi tayyorlangan eritmasidan 5 tomchi tomizib, unga 6-7 tomchi 2 n xlorid kislota eritmasidan tomizing. Eritmani shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring va silikat kislota geli hosil bo‘lishini belgilang. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) silikat kislota zolidan uning gelini hosil qilish. Probirkaga 4-5 tomchi konsentrlangan xlorid kislota tomizing, ustiga 1-2 tomchi natriy silikatning to‘yingan eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan silikat kislota zolini gaz gorelkasining past alangasida silikat kislota geliga o‘tguncha qizdiring. Qizdirish qanday ahamiyatga ega?
Download 45.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling