Laboratoriya ishi №14 Topografik tarx tuzish. Ishdan maqsad


Download 15.26 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi15.26 Kb.
#1789501
Bog'liq
14 лаб


LABORATORIYA ISHI № 14


Topografik tarx tuzish.
Ishdan maqsad: Taxeometrik tasvirlov tarxini tuzishni o‘rganish.
Taxeometrik tasvirlov tarxi A3 formatda 1 : 2000 miqyosda tuziladi.
Tasvirlov asos shoxobchasi bo‘lib, teodolit poligoni nuqtalari xizmat qilgan. SHuning uchun talabalar XCHI №1 dagi o‘zlari hisoblab topgan poligon nuqtalari koordinatalari X va U lardan foydalanib, formatga yana 5 burchakli poligon tushirishlari kerak.
Bundan so‘ng tafsilot nuqtalari sirtqi-o‘lchagich, masshtabli chizg‘ich (lineyka) va transportir yordamida tarxga tushiriladi. Buning uchun transportirning 0°-180° li chizig‘ini teodolit limb doirasining 0°00 sanog‘i to‘g‘rilangan yo‘nalish (I chi stansiyada turganda, I-II tomon) bo‘yicha joylashtiriladi. Transportir markazi (0) tasvirlov qilingan stansiya (I) bilan tutashtiriladi. So‘ng soat mili harakati yo‘nalishi bo‘yicha 2-ustundagi gorizontal doira sanog‘iga ko‘ra gorizontal burchak β=175° 20′ o‘lchab chiziq chiziladi, hosil bo‘lgan yo‘nalishda gorizontal masofa d=84.0m qo‘yiladi va tafsilot nuqtasi o‘rni belgilanadi (33-rasm) .

33-rasm

Tarxga tushirilgan nuqtalarning o‘ng tarafiga kasr chizig‘i chiziladi va maxrajiga nuqta nomeri, suratiga esa uning balandlik belgisi yozib qo‘yiladi.






34-rasm. Kroki
Balandlik belgilari bir xil qiymatga ega bo‘lgan nuqtalar to‘g‘ri siniq chiziqlar bilan tutashtirilib, gorizontallar o‘tkaziladi. Yirik gorizontallar (har beshinchi) qalin, qolganlari ingichka jigar rangdagi chiziqlar bilan rasmiylashtiriladi( 35-rasm).

Toshkent Davlat Transport Unversiteti


“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi
Toshkent O‘quv poligoni


Bajardi:
Tekshirdi:




Taxeometrik tasvirlovi tarxi. 2014

1:2000
1-santimetrda –20 metr
Koordinatalar tizimi shartli
Gorizontallar xar 1metrda o‘tkazilgan

35-rasm


Nazorat savollari


1.Topografik tarx tuzish tartibi.
2.Topografik tarx asosi, nima asosida chiziladi?
3.Relef va tafsilot nuqtalari qanday chiziladi?
4.Gorizontallar qanday o‘tkiziladi?
5.Topografik tarx qanday rasmiylashtiriladi?
Download 15.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling