Laboratoriya ishi №15 galogenlar


Vodorodning olinishi va xossalari


Download 20.84 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi20.84 Kb.
#1479952
1   2
Bog'liq
galagen vadarodlar

Vodorodning olinishi va xossalari.
a) Suvga aktiv metall ta'sir ettirish yo’li bilan vodorod olish. Kristalizatorga suv solib, 2-3 tomchi fenolftolein eritmasi qo’shing. Probirkaga suv to’ldirib, og’zini barmoq bilan bekiting va kristallizatordagi suvga botiring; suv ichida barmog’ingizni probirka og’zidan oling. Kichkina bir bo’lak Kalsiy metalini filtr qog’ozga artib, qisqich bilan ushlab suv ostida kristallizatordagi probirka og’ziga tuting. Ajralib chiqayotgan vodorod probirkadagi suvni siqib chiqarishini, kristallizatordagi suvning qizarishini kuzating. Probirka og’zini suv ostida barmoq bilan berkitib, uni suvdan oling va gaz gorelkasi alangasiga yaqinlashtirib probirka og’zini oching. Vodorodning kuchsiz tovush chiqarib yonishini kuzating.
b) Kislotaga rux ta'sir ettirish yo’li bilan vodorod olish. Uchi cho’zilgan shisha nay o’tkazilgan probkali probirkani temir shtativga o’rnatib, ichiga 2-3 bo’lak rux metali soling. 194 So’ngra uning ustiga 1:5 nisbatda suyultirilgan sulfat kislota quying. Gaz ajralib chiqishini kuzating. Probirkadagi havo siqib chiqarilguncha bir oz kutib, uchi cho’zilgan naydan chiqayotgan vodorodni yondiring. Vodorod alangasiga quruq shisha plastinka tuting. Plastinkada suv tomchilari hosil bo’lishini kuzating. Reksiya tenglamalarini yozing.
c) Gidroksidi amfoter xossaga ega bo’lgan metallga ishqor ta'sir ettirish yo’Ii bilan vodorod olish. Uchi cho’zilgan shisha nay o’tkazilgan probkali probirkani temir shtativga o’rnatib, ichiga 2-3 bo’lak alyuminiy metall soling. So’ngra uning ustiga konsentrlangan o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing. Probirkani gaz gorelkasining alangasida bir oz qizdiring. Vodorod shiddatli ajralib chiqa boshlagach, uning tozaligini sinab ko’ring. Alyuminiy metali suv bilan o’zaro ta'sir etib, alyuminiy gidroksid hosil qilishini, bunda vodorod ajralib chiqishini, hosil bo’lgan alyuminiy gidroksid o’yuvchi natriy bilan reaksiyaga kirishib, natriy alyuminat hosil bo’lishini nazarda tutgan holda reaksiya tenglamasini yozing.
2) Vodorodning qaytaruvchilik xossalari.
a) o’rtasi sharchali 15-20 sm uzunlikdagi o’tga chidamli shisha nayni temir shtativga o’rnating. Shisha nayning sharchasiga ozgina oltingugurt kukuni soling. Shisha nayning ikkala tomoniga shisha nay o’tkazilgan probka o’rnating. Nay orqali Kipp apparatidan vodorod oqimi o’tkazing. Shisha naydan chiqayotgan vodorodning tozaligini tekshirganingizdan so’ng oltungugurtli sharchani qizdiring. Shisha naydan chiqayotgan gazni mis sulfat eritmasiga yuboring. Qora cho'kma hosil bo'lishini kuzating. Vodorod oltingugurt bilan birikib H2S vodorod sulfid hosil qiladi; o’z navbatida H2S mis sulfat bilan reaksiyaga kirishib CuS hosil qilishini nazarda tutib, reaksiya tenglamalarini yozing. :
b) 15-20 sm uzunlikdagi shisha nayning o’rtasiga mis (II)-oksid solib, shisha nayni temir shtativga o’rnating. Uning bir chetiga naychali probka o’rnating. Naychani rezina nay bilan birlashtiring. Rezina nayni Kipp apparatga ulang. So’ngra Kipp apparatidan vodorod oqimi yuboring. Shisha naydan chiqayotgan vodorodning tozaligini tekshirganingizdan so’ng nayning mis (II)-oksid turgan joyini qizdiring.
Molekulyar va atomar vodorodning aktivligini solishtirish.
a) Ikkita probirkaga 5 ml dan H2SO4 ning 2 n eritmasidan soling. So’ngra ularning ustiga KMnO4 eritmasidan 3-4 tomchidan tomizing. Birinchi probirkaga Kipp apparatidan vodorod yuboring. Ikkinchi probirkaga esa 2-3 dona rux bo’laklaridan tashlang. Kislotali muhitda temir (III)-rodanid bilan vodorod orasida boradigan reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiyada marganets sulfat, kaliy sulfat hosil bo’lishini nazarda tutib, reaksiyalar tenglamasini molekulyar va ion holda yozing. Kuzatilgan hodisaning sababini tushuntiring.
b) Ikkita probirkaga 4-5 tomchidan temir (III)-xlorid eritmasidan soling. So’ngra ularning ustiga 3-4 tomchidan 2 n sulfat kisiota va 1-2 tomchidan kaliy rodanid eritmasidan qo’shing. Eritmada Fe(CNS)3 hosil bo’lishi natijasida uning rangi qizaradi.
4. Vodorod peroksidni aniqlash. a) Probirkaning 1/3 qismigacha suv quying, unga 2- 195 3 tomchi kaliy bixromat va shuncha sulfat kislota eritmasidan quying. Unga 0,5 ml dietilefir va ozgina vodorod peroksidning 3%li eritmasidan quying. Probirkani chayqatib, suyuqliklarni aralashtiring. Almashinish reaksiyasi natijasida unchalik barqaror bo’lmagan xrom peroksidi Cr2O5 hosil bo’ladi. Uning struktura formulasi: Efir qavati xrom peroksidi bilan bo’yalishini kuzating. K2Cr2O7 dan Cr2O5 ni hosil bo’lish reaksiyasini yozing, pastki suvli qavatning rangiga ham e'tibor bering. U rang hosil bo’lgan Cr (III)-sulfatga tegishli. b) Probirkaga 1 ml 3%li H2O2 eritmasidan quying, 1-2 tomchi kaliy yodid 1 eritmasidan va bir necha tomchi suyul. sulfat kislota erimasidan tomizing. Aralashmaga 1-2 ml kraxmal kleysteridan quying.
5. Vodorod peroksidining olinishi.
a) Probirkaga 5 ml distillangan suv quying va shisha tayoqcha yordamida 4-5 dona natriy peroksiddan qo’shing. Probirkani krandan oqayotgan suv bilan soviting va ustiga suyul. sulfat kislotasidan kuchsiz kislotali muhitgacha (lakmusda sinang) quying. Eritmani ikki qismga bo’ling. Birinchi probirkaga efir ishtirokida K2Cr207 eritmasidan qo’shib, ikkinchisiga esa kraxmal kleysteri ishtirokida kaliy yodid eritmasidan qo’shib, ularda vodorod peroksid borligini isbotlang.
b) 1 g bariy peroksid poroshogidan oling va shisha tayoqcha bilan aralashtirgan holda muz bilan sovitilgan 5 ml suyul. sulfat kislota bo’lgan probirkaga oz-ozdan qo’shing. Bariy sulfat cho’kmasini filtrlab, ajratib oling.
6. Vodorod peroksidining katalitik parchalanishi. Probirkaga 1-2 ml 3%li H2O2 eritmasidan quying, ozgina MnO2 kukunidan soling. Ajralib chiqayotgan gazni cho’g’langan cho’p bilan tekshiring.
7. Vodorod peroksidning oksidlovchilik xossalari. 2 ml Pb(NO3)2 eritmasiga teng hajmda Na2S eritmasidan quying, qaynaguncha qizdiring. Hosil bo’lgan cho’kmaning rangiga e'tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Eritmani to’king, cho’kmaga esa 3 ml 3%li H2O2 eritmasidan quying va biroz qizdiring. Cho’kmaning rangi qanday bo’ldi? Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada H2O2 qanday vazifani bajaradi? 2 ml Cr(NO3)3 eritmasiga oldin hosil bo’lgan cho’kma eriguncha NaOH eritmasidan quying. Hosil bo’lgan eritmaga vodorod peroksid eritmasidan quying. Eritma rangini natriy tetragidroksoxromat (III)-ni xromat (VI)-ga o’tib, o’zgarishini kuzating.
8. Vodorod peroksidining qaytaruvchilik xossalari.
a) Probirkaga 2-3 ml AgNO3 eritmasidan quying va tomchilatib ammiak eritmasidan hosil bo’lgan loyqa yo’qolguncha (ortiqcha quymang) quying. Hosil bo’lgan eritmaga 3%li H2O2 eritmasidan kumush cho’kmasi hosil bo’lguncha quying. Chiqayotgan gazni cho’g’langan cho’p bilan sinab ko’ring. Reaksiya 196 tenglamasini yozing. b) Probirkaga 1 ml kons. KMnO4 eritmasidan, 2 ml H2SO4 eritmasidan va 1-2 ml H2O2 eritmasidan quying. Chiqayotgan gazni cho’g’langan cho’p bilan tekshiring. Eritma rangining o’zgarishiga e'tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. O’tkazilgan reaksiyada H2O2 qanday vazifani bajariladi.
9. Vodorod peroksidi bilan oqartirish. Ozgina rangli jun matoning yog’larini ketkazish uchun ishqor eritmasi bilan ishlang va 3%li vodorod peroksidi eritmasi bo’lgan idishga tushiring. Vaqt o’tishi bilan mato rangining o’zgarganiga e'tibor berladi.
10. Bariy peroksidining olinishi. Ba(NO3)2 ning to’yingan eritmasiga tomchilatib 3%li vodorod peroksidi erimasidan quying. Yaltiroq BaO2-8H2O cho’kmasining tushishiga e'tibor bering.
11. Natriy peroksidining oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari. Bitta probirkaga 3-4 ml KJ eritmasidan, ikkinchisiga KMnO4 eritmasidan quying. Ikkala eritmada ham sulfat kislota yordamida kislotali muhit hosil qiling va ikkalasiga ham tekis qoshiqcha yordamida ozgina Na2O2 soling. Ikkala eritma rangining o’zgarishiga e'tibor bering. Ikkinchi probirkada ajralayotgan gazni cho’giangan cho’p bilan tekshiring. Ikkala reaksiyaning tenglamalarini yozing va har ikki holda ham natriy peroksid oksidlovchi yoki qaytaruvchi vazifasini bajarganligini e'tiborga oling.
Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling