Laboratoriya ishi №15 Mavzu: Zamonaviy dasturlash tillari yordamida texnik ilovalar yaratish


Download 94.85 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi94.85 Kb.
#1557707
  1   2   3   4
Bog'liq
15-Laboratoriya ishi (1)


Laboratoriya ishi № 15


Mavzu: Zamonaviy dasturlash tillari yordamida texnik ilovalar yaratish.



Ishdan maqsad: C++ dasturlash tilining strukturasi, main funksiyasining vazifasi, konstruktor va destruktor, C++ dasturlash tili chiziqli dasturlar tuzish qoidalari bilan tanishish va soda dastur tuzish ko‘nikmasini shakllantirish


Topshiriq: 1. C++ Builder 6 ning konsulli muhitidan foydalangan holda “Hello World” so‘zini habar sifatida chiqaruvchi dastur tuzing.
2.Geron formulasi yordamida uchburchakning yuzini hisoblash dasturini yarating.

Ishni bajarish tartibi:


1-topshiriq.

C++ Builder 6 dasturlash muhitida konsulli dastur yaratish uchun File menyusining New bo‘limidagi Other buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada yaratilajak dastur turini tanlash oynasi ochiladi.





15.1-rasm.

Ushbu oynadan Console Application piktogrammasini tanlab, OK tugmasi bosiladi. Natijada yaratilajak dasturga oid sozlamalar oynasi chiqariladi.





15.2-rasm.

OK tugmasini bosib, konsulli muhitda ishlovchi dastur kodini yozish oynasi ochiladi.





15.3-rasm.

Dasturlash muhiti tomonidan yaratib berilgan standart kodni o‘chirib, ishni C++ dasturlash tilida yozilishi kerak bo‘lgan kodni yozish bilan boshlaymiz:


#include


using namespace std;
int main ()
{
return 0;
}
Yuqoridagi kodlar C++ dasturlash tilida istalgan dastur tuzish uchun umumiy hisoblanadi.
Keling bu kodlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
#include include so‘zi biror kodni yoki faylni qo‘shish kerakligini ko‘rsatadi. Bu qatorda iostream fayl(kutubxona) qo‘shilmoqda.
#include — (input output stream — kiritish chiqarish oqimi)bu iostream kutubxonasini qo‘shish. Bu kutubxona ekranga chiqarish(cout), ekrandan ma’lumotlarni qabul qilib olish(cin) komandalarni o‘zida saqlovch kutubxona hisoblanadi. Kompilyatorning oldingi versiyalarida bu kutubxona iostream.h ko‘rinishida berilgan. Bu holatda using namespace std qatorini yozish shart emas.
C++ dasturlash tilining standart kutubxonalari «< >» belgi ichiga olib yoziladi. Shunda bu kutubxona standart adresdagi papkadan qidiriladi. Agar siz boshqa adresdan kutubxona qidirishingiz kerak bo‘lsa, «» belgilari orasiga o‘sha adresni yozgan holda kerakli kutubxonani qo‘shishingiz kerak bo‘ladi.

Download 94.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling