LABORATORIYA ISHI №2
MAVZU: KONSTRUKSION MATERIALLARNING MEXANIK XOSSALARINI (SIQILISHGA MUSTAHKAMLIGINI TEKSHIRISH) ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Konstruksion materiallarning chо‘zilishdagi mustahkamligini R-5 (R-20) rusumidagi mashinasi yordamida aniqlash.
Ishni bajarish uchun zarur jihoz, material va asboblar: R-5 yoki IM-4R rusumidagi universal mashina, namunalar, 0,01 mm aniqlikdagi mikrometr 0-25 mm, 0,05 mm aniqlikdagi shtangensirkul, kompyuter jamlanmasi, proektor, slayd.
Umumiy ma`lumot. Ma’lumki, metallarning eng muhim texnik xossalaridan biri ularning mustahkamligidir. Metallarning turli kuchlar ta’siriga bardosh berish xususiyati uning mustahkamligi deb ataladi. Metall konstruksiyasiga qо‘yilgan tashqi kuchlarning ta’sir etish xarakteriga qarab metallarning mustahkamligi chо‘zilishdagi, siqilishdagi, egilishdagi, buralishdagi va boshqa hollardagi mustahkamliklariga ajratiladi.
Metallarning chо‘zilishdagi mustahkamligini sinash amalda kо‘p tarqalgan bо‘lib, bunda uning elastikligini va plastikligini ham aniqlash mumkin. Buning uchun GOST- 1497-84 ga kо‘ra materialiga qarab namunalarni (1- rasm) ma’lum о‘lchamda (1-jadval) tayyorlash kerak.
Namuna sinash mashinasining qisqichlari orasiga mahkamlanadi. Shundan keyin mashina yurgizilib, asta sekin ortib boruvchi kuch ta’sirida namuna chо‘zila boshlaydi. Kuch ma’lum miqdorga yetgach namunanig biror joyi ingichkalashib bо‘yin hosil qila boshlaydi va sо‘ngra uziladi.
1-rasm. Metallarning chо‘zilishdagi mustahkamligini sinashda ishlatiladigan namuna.
Do'stlaringiz bilan baham: |