Laboratoriya ishi 2 Mavzu: moddalarni tozalash usullari ishning nazariy asosi


Download 183.46 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi183.46 Kb.
#1149761
1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya ishi

I shning bajarish tartibi
Karbonat angidridni tozalash. Kipp apparatining tuzilishi bilan tanishing (17-rasm) va uni karbonat angidrid olish uchun zaryadlang. Kipp apparatidan, xlorid kislota va marmar ta’siridan olingan karbonat angidrid, suv parlari va vodorod xlorid gazi bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Uni tozalash uchun suv bug‘larini yaxshi yutib qoluvchi modda: konsentrlangan sulfat kislotasi va vodorod xloridni yaxshi erituvchi modda natriy bikarbonat ishlatiladi. Kipp apparatida boradigan reaksiya tenglamasini yozing. Kipp apparatiga ko‘p miqdorda distillangan suvi bo‘lgan yuvgichni ulang va undan 10-15 minut davomida kuchsiz karbonat angidrid gazi oqimini o‘tkazing. Yuvgich sklyankadagi suyuqlik tarkibida vodorod xlorid borligini aniqlang. Kipp apparatidan yuvgichni oling va unga suvsizlantirilgan mis sulfat bilan to‘ldirilgan xlorkalsiyli trubka-ulang undan karbonat angidrid oqimini o‘tkazing. Sodir bo‘lgan hodisani kuzating. SO2 ni suv bug‘i va HCl dan tozalash uchun u Tiщyenko shisha idishlari to‘ldirilgan eritmalardan o‘tkaziladi; bularning biriga natriy bikarbonatning to‘yingan eritmasi, ikkinchisiga kons.sulfat kislota solingan bo‘ladi. Bu ikki idishdan o‘tib tozalangan SO2 kolbaga yig‘iladi. Quruq va toza karbonat angidridni qanday olish mumkin. Reaksiya tenglamalarini yozing.

5-rasm. Kipp apparati.
Download 183.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling