Laboratoriya ishi №2 Mavzu


Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana16.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1511430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Laboratoriya ishi-2

Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma 
Ushbu laboratoriya ishida sizdan IP-manzilni taqsimlash uchun server 
javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modelini qurishingiz talab etiladi (6.1-rasm). 


6.1-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal 
tarmoq modeli 
Quyidagi amallarni bajaring: 
1. Server, kommutator va uchta PC0-PC2 kompyuterdan iborat lokal tarmoq 
modelini yarating, ularni 6.1-rasmda ko’rsatilgandek bir biri bilan bog’lang. 
2. Server parametrlarini sozlang: 
2.1. Ishchi sohada Server0 ni tanlang. 
2.2. Server0 oynasidan Config bo’limiga o’ting va FastEthernet tugmasini 
bosing. 
2.3. FastEthernet bog’lanishi uchun IPning statik konfiguratsiyasini tanlang
192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni kiriting. 
2.4. Server0 oynasidan Services bo’limini tanlang. 
2.5. Services bo’limidan DHCP tugmasini bosing. 
2.6. DHCP xizmati parametrlarini sozlang: boshlang’ich 192.168.1.10 IP-
manzilni (Start IP Address), 255.255.255.0 niqobni, 200 
– 
foydalanuvchilarning maksimal sonini (Maximum number of Users) 
kiriting va Save tugmasini bosing. Ko’rsatilgan amallarning bajarilishi 
natijasida Server0 oynasi 6.2-rasmda ko’rsatilgandek ko’rinish olishi 
lozim. 
2.7. Server0 oynasini yoping. 


6.2-rasm. Serverda DHCP xizmatini sozlash dialog oynasi. 
3. PC0 kompyuteri parametrlarini sozlang: 
3.1. Ishchi sohadan PC0 kompyuterini tanlang. 
3.2. PC0 oynasida Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing. 
3.3. Tarmoq adapter IP-manzil konfiguratsiyasi uchun DHCP rejimi tanlang 
(6.3-rasm) 
3.4. PC0 oynasini yoping. 
6.3-rasm. Kompyuter tarmoq adapterini DHCP dan foydalanib sozlash. 
4. Xuddi shu tarzda DHCP dan foydalanib PC1 va PC2 kompyuterlarining 
tarmoq adapterlarini sozlang. 
5. Simulation rejimiga o’ting. 
6. Tarmoq bog’lanishini har bir kompyuterdan serverga oddiy paket yuborish 
yo’li bilan tekshiring. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling