Laboratoriya ishi №2 Mavzu: Windows operatsion tizimida tarmoq tashkil qilish. Ishning maqsadi


Download 0.53 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1469448
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №2


LABORATORIYA ISHI №2
Mavzu: Windows operatsion tizimida tarmoq tashkil qilish.
Ishning maqsadi:

  1. Windows OS da umumiy lokal tarmoq parametrlari haqida umumiy ma’lumot.

  2. Tizim sozlash bo’limidan parametrlarni sozlash.

  3. Tarmoqda “Домашная группа” yaratish va kompyuterga nom berish.

  4. Tarmoqdagi mavjud kompyuterga murojaatlarni amalga oshirish.

  5. Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlardan tarmoqda foydalanishga ruxsat berish.

  6. Lokal tarmoq xizmatlari tashkil etish.

Kerakli jihozlar: Kompyuterlar va tarmoq kabellari.
Nazariy qism:
Lokal kampyuter tarmog‘i (LKT) ma‘lumot almashish va yoyilgan tarzda axborotni ko‘p abonentlar orasida qayta ishlash imkonini beruvchi hamda umumiy manbalardan foydalana oladigan (qurilma, dastur, ma‘lumotlar) tizimdir. Kampyuterlarni tarmoqga birlashtirish, foydali ish kuchuni ancha oshirdi. Lokal tarmoqlar faqat ishlab chiqarish (yoki ofis)dagina emas, talim va muloqot va h.klarda ishlatiladi.
Lokal tarmog‘ining asosiy xususiyati shundan iboratki:
- o‘ziga tegishli bo‘lgan ma‘lumotlar tizimini yaratish, avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar bazasi boshqaruvi ostida.
- abonent sistemalari orasida axborot almashish, ma‘lumot uzatish va
aloqa, qog‘oz aylanishini eng past darajagacha ofis ish faolyatini buzmagan holatda tushirish.
- ma‘lumotlarni taqsimlangan holatda qayta ishlash, avtomatlashtirilgan
ish o‘rinlarini (apm) har hil yo‘nalishli bir tashkilot ishchilarini birlashtirish.
- boshqarish talab qilinadigan buyruqlarni qo‘llab quvatlash, kerakli
ma‘lumotni tog‘ri holda hal qilish uchun vaqtida yetkazib bera olish.
Topshiriqlarning bajarilishi:
Bu rasmda (1-rasm) kompyuter tarmoq parametrlarini sozlash bo’limi ochilgan. Bu yerdan biz tarmoq IP manzillarini kiritamiz.

,,Domashnaya gruppa” yaratish orqali tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarish juda qulay. Gruppa yaratishda windowsning ishchi imkoniyatlari ham oshadi. Kompyuterda guruh konfiguratsiyalarini oddiy usul bilan ham sozlash mumkin, lekin uni o’zgartirish barcha oddiy foydalanuvchilarning ham qo’lidan keladi, guruh siyosati bilan sozlanganda esa oddiy foydalanuvchi o’zgartirishlarni amalga oshira olmaydi. Domashnaya gruppa lokal va tarmoq orqali berilishi mumkin.


(2-rasm)Tarmoq orqali beriluvchi guruh siyosati yuqorida aytib o‘tilgan Active Directory katalogi bo‘yicha beriladi. Bunda Active Directory uchun Windowsning server 6 tipidagi operatsion tizimlari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mijoz kompyuter Active Directory katalogida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va foydalanuvchilarning deyarli barcha imtiyozlari server kompyuteri yordamida guruh siyosati obyekti orqali nazorat qilinadi.

Domashnaya gruppa orqali printerlarga ham va boshqa bir qancha qurilmalarga ham boshqa foydalanuvchilar uchun foydalanishga ruxsat berish mumkin. (3-rasm)

Va nihoyat yakuniy bosqich yani, Umumiy guruhga kirish uchun parol qo’yish kerak.(4-rasm) Bu orqali guruhga kirishni cheklash va guruh faoliyatini samaradorligini oshirish mumkin.
Domashnaya gruppa yaratilgandan keyin, komyuterdagi ma’lumotlarni boshqa komyuterdagi foydalanuvchi ko’rishi uchun ruxsat berilishi kerak. Buning uchun quyidagi rasmga qaraymiz. (5-rasm)
Rasmda Tarmoqda kompyuter ga umumiy foydalanish uchun ruxsat berish jarayoni ko’rsatilgan. (6-rasm)




Bu jarayon yakunlangach guruhdagi kompyuterlar o’zaro bir biri bilan bog’lanadi. Ruxsat berilgan fayllar bilan tanishish jarayoni kechadi. Bu fikrlarni 7-rasmda ham ko’rishimiz mumkin.

Eng oxirida kompyuterni o’chirib yoqamiz va natijani amalda tekshiramiz.

Xulosa
Men ushbu labaratoriya ishini bajarish jarayonida, tarmoqni qanday tashkil qilish, tarmoq tapalogiyasi xaqida ma’lumotga ega bo’ldim. Shuningdek kabellarni RJ-45 konnektriga ulash va ular orkali lokal kompyuter tarmog’ini yaratib, domashnaya gruppa tashkil qildim. Men ushbu o’rgangan ishlarimni kelajakda bemalol qo’llay olaman.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. T.X.Xolmatov, N.I.Taylakov, U.A.Nazarov Informatika va xisoblash texnikasi.T.2001.

  2. www.google.ru

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling