Laboratoriya ishi (2-soat)
Download 26.04 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-lab ATS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish mazmuni
- Jihozlar va asboblar
- Umumiy ma’lumotlar
3- Laboratoriya ishi (2-soat) Avtomobillarga kunlik xizmat ko‘rsatish texnologik jarayonini tashkil etishIshdan maqsad: Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, avtomobillarga kunlik xizmat ko‘rsatish ish- larini va kunlik xizmat ko‘rsatish ishlarida texnologik jarayonini tashkil etishni o‘rganish, ko‘nikma hosil qilish. Ish mazmuni:Ushbu laboratoriya ishi kafedraning laboratoriyasida yoki ishlab chiqarishdagi filiallaridagi avtomobillarni avtomobillarga kunlik xizmat ko‘rsatish ishlarini postlarida bajariladi. KXK ishlarida ishlatiladigan jihozlarning turlari, tuzilishi, ishlash tartibini o‘rganish bilan shug‘ullanadilar. Jihozlar va asboblar:ta‘mirlash asboblari to‘plami; artish materiallari; avtomobillarni qurilmalari. Ishni bajarish tartibi:Har bir talabaga o‘qituvchi yoki korxona muhandisi tomonidan topshiriq beriladi va u quyidagi tartibda ishni bajaradi: avtomobillarni KXK ishlarini bajarish. bajarilgan ish bo‘yicha xulosa yozadi. Umumiy ma’lumotlar:Nazariy qism. Avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish deganda yuvish–tozalash, nazorat–sozlash, mahkamlash ishlari, joriy ta‘mirlash va yonilg‘i bilan ta‘minlash orqali avtomobilning tashqi ko‘rinishi va ishlash qobiliyatini saqlab turish yoki tiklash tushuniladi. Kundalik xizmat ko‘rsatish (KXK) davriyligi avtomobilning o‘rtacha kunlik bosilgan yo‘liga teng bo‘ladi. KXK vazifasi – avtomobilning tashqi ko‘rinishini talab darajasida ta‘minlash. KXK da qilinadigan ishlar: tozalash, yig‘ishtirish, yuvish va artish. Amalda har kuni avtomobillarni yuvishga ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin, ammo loyihani hisoblash uchun yuvish-tozalash ishlari har bir KXK da bajariladi, deb qabul qilinadi. Ishlab chiqarishxonalari va postlari joylashish variantlari. Ustaxonalarning ishlab chiqarish- binosida joylashishi ularning TXK va JT mintaqalari bilan texnologik aloqalarining mavjudligiga qarab belgilanadi. Kundalik xizmat ko‘rsatish (KXK) ishlari harakat xavfsizligini ta‘minlovchi tizimlarni nazorat qilish, transport vositasining sanitar holatini talab darajasida saqlash, yonilg‘i-moy va moylash mahsulotlari bilan to‘ldirish ishlarini o‘z ichiga oladi. KXK ishlari bir kecha-kundizda bir marta, odatda, birinchi smena boshida bajariladi. KXK zonasi atrofida nasosxona, kiyimlarni quritish va laxtak materiallar xonasi, shamollatish xonasi, apparat xonasi va tozalash inshootlari joylashishi mumkin. TXK-1 va TXK-2 mintaqasi atrofida ta‘minot tizimi, akkumulyator, elektrotexnik, shinamontaj ustaxonalari va moy ombori xonalari joylashishi mumkin. KXK mintaqasi postlari boshqa mintaqa postlaridan va imkoni boricha bir-biridan ajratilgan holda joylashtiriladi, chunki bu mintaqada yuqori namlik va shovqin bo‘ladi, suv sachrashi mumkin. Odatda, KXK mintaqasi ayrim binoda rejalashtiriladi. Issiq iqlim sharoitida (eng sovuq oyning harorati 0°C dan yuqori bo‘lganda) yuvish postlari ochiq havoda yoki bostirma ostida joylashtirilishi mumkin. Download 26.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling