Laboratoriya ishi №2


Ma`lumotlar omborini ochish


Download 257.57 Kb.
bet3/11
Sana09.01.2022
Hajmi257.57 Kb.
#258303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-laboratoriya topshirig'i

Ma`lumotlar omborini ochish

MOni ochishning ikki usuli mavjud. Uni Access MOBT­ni ishga tushirish jarayonida yoki u bilan ishlash jarayonida ochish mumkin.

MOni Access bilan ishlash jarayonida ochish uchun «Файл» mеnyusida «Открыт» (Ochish) buyrug`ini tanlash kеrak. Shundan so`ng ochilgan oynadan foydalanib , quyidagi ishlar bajarilishi kеrak:

1. Adrеslar panеlida yorliq ustida sichqoncha bеlgisini joylashtirib tugmachasini bosish yoki «Папка» (Jild) maydonida kеrakli MO joylashgan disk yoki jildni tanlash.

2. Jildlar ro`yxatida kеrakli jild ustida ikki marta sichqoncha tugmachasini bosib, MO joylashgan jildni ochish.

Agar kеrakli MO topish imkoni bo`lmasa «Сервис» tugmachasini bosish va «Найти» (Topish) buyrug`ini tanlash kеrak. «Найти» (Topish) muloqot oynasida izlash uchun qo`shimcha shartlarni kiritish, so`ngra kеrakli paramеtr ustida sichqoncha tugmachasini bosish kеrak. MOni faqat o`qish, ya`ni taxrirlamasdan ko`rib chiqish uchun ochganda «Открыт» (Ochish) tugmachasi yonidagi strеlkali tugmachani bosish kеrak va «Открыт для чтения» (O`qish uchun ochish) variantini tanlash lozim. Access MOBTni ishga tushirishda ekranda muloqot oynasi paydo bo`ladi. Buni siz yaxshi bilasiz. Undagi «Открыт базу данных» (MOni ochish) bo`limini tanlash va taklif etilayotgan barcha mavjud MOlar ro`yxatidan kеrakli MOni sichqoncha tugmachasini MOning yozuvi va nomi ustida bosish bilan ochish mumkin.

MS Access dasturida ma’lumotlar baza (MB)sini tashkil qilishning bir qancha usullari bor:

1. Shablon yordamida MB ni yaratish;

2. MBni yaratish;

3. Microsoft Access jadvaliga boshqa manbadan ma’lumotlar qo’yish;

4. Boshqa manbadan ma’lumotlarni import qilish;

5. Mavjud MBni ochish.

Office Access ishga tushganida Nachalo raboti s Microsoft Office Access oynasi hosil bo’ladi.

Shablon yordamida MB ni yaratish.

Microsoft Accessda MB yaratishni tezlatish maqsadida shablonlardan

foydalaniladi. Shablon - bu muayyan vazifani bajarish uchun barcha, jadvallar, so’rovlar, formalar va hisobotlarga ega tayyor MBsidir.

Shablon yordamida MB ni yaratish uchun Accessni ishga tushiring.

Nachalo raboti s Microsoft Office Access oynasining chap tomonidagi Kategorii shablonov sohasida bir necha shablonlar tasvirlangan.

1. Kerakli shablonni tanlang.

2. Microsoft Access oynasining o’ng sohasida Imya fayla maydonida MBning birlamchi nomi paydo bo’ladi. Faylning nomini o’zgartirish yoki uni boshqa papkaga joylashtirish mumkin.

3. Sozdat tugmasini bosing.

Access avval MBni yaratadi so’ngra uni ochadi. Ekranda ma’lumotlarni kiritish uchun forma hosil bo’ladi.

Microsoft Office Online veb-tugunidan shablonni yuklash.

Agar Nachalo raboti s Microsoft Office Access oynasidan mos shablon topilmasa, u holda Microsoft Office Onlinedan kerakli shablon topish mumkin.

Accessni ishga tushiring. Agar MB ochilgan bo’lsa, u holda Microsoft Office Stugmasini bosing, so’ngra Zakrit bazu dannix bandini tanlang.

Nachalo raboti s Microsoft Office Access oynasining pastki qismida joylashgan Takje na veb-uzle Office Online sohasidan Shabloni punktini tanlang.

Operaning yangi oynasida Microsoft Office Online ochiladi. Microsoft Office Online veb tugunidan kerakli shablonni qidiring va yuklang.

2.Shablon yuklanganidan so’ng yangi MB quyidagi papkalardan biriga saqlanadi:

• Microsoft Windows Vista c:\Users\Imya polzovatelya\Dokumenti;

• Microsoft Windows Server 2003; c:\Documents and Settings\ Imya polzovatelya \Moi dokumenti;

• Microsoft Windows XP c:\Documents and Settings\ Imya polzovatelya \Moi dokumenti.

Shaxsiy MB sini yaratish.

Agar shablonlar talablaringizga javob bermasa yoki boshqa dasturda sizga kerakli ma’lumotlar bo’lib, ularni Microsoft Access ga import qilish zaruriyati tug'ilsa, u holda shaxsiy MBsini yaratish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak (yoki ulardan birini):

• Yangi jadval yaratib, bu jadvallarga ma’lumotlarni kiritish, qo’yish yoki import qilish orqali;

• Boshqa manbalardan ma’lumotlarni import qilish orqali yangi shaxsiy MBsini yaratish mumkin.

• Bo’sh MB yaratish.

Microsoft Accessni ishga tushiring.

• Nachalo raboti s Microsoft Office Access oynasida Novaya baza dannix tugmasini bosing.

• Novaya baza dannix sohasida Imya fayla maydoniga fayl nomini kiriting.

• Sozdat tugmasini bosing.

• Microsoft Access MB yaratib, «Tablitsal» nomli bo’sh jadval ochadi.

• Access kursorni Dobavit pole ustunidagi birinchi bo’sh katakka joylashtiradi.


Jadval qo’yish.

Sozdanie menyusi Tablitsi bo’limi buyruqlari yordamida mavjud MBga yangi jadval qo’yish mumkin.

Таблица Шаблоны Списки Конструктор таблица SharePoint таблиц

I Таблицы
Jadval rejimida bo’sh jadval yaratish uchun Tablitsani tanlang. Bunda jadval yoki konstruktor rejimini tanlash mumkin.

Jadval rejimida jadval qo’yish. Jadval rejimida ma’lumotlarni to’g'ridan- to’g'ri kiritishni boshlash mumkin. Maydon nomlari «Polel», «Pole2» kabi beriladi, maydonning ma’lumot turi esa kiritilayotgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.

Sozdanie menyusining Tablitsi bo’limidan Tablitsa buyrug'ini tanlang.

Access kursorni Dobavit pole ustunidagi birinchi bo’sh katakka joylashtiradi Tablitsa - Polya i stobtsi - Novoe pole ni tanlang. Access o’ng tomonda Shabloni poley oynasini ochadi. Bu yerda ko’p ishlatiladigan maydon turlari saqlanadi. Kerakli ma’lumot turini sichqoncha bilan jadvalning biror maydoniga

Jadvalning har bir maydoni uchun Imya polya ustuniga nom bering, so’ngra Tip dannix ro’yxatidan mos ma’lumot turini tanlang. Hohishingizga ko’ra, Opisanie ustuniga har bir maydon uchun tavsif berishingiz mumkin. Barcha maydonla kiritilgandan so’ng jadvalni saqlang.

Microsoft Access jadvaliga boshqa manbadan ma 'lumotlar qo 'yish.

Agar kerakli ma’lumotlar boshqa dasturda saqlangan bo’lsa, masalan, Office Excel, ulardan nusxa olish va Access jadvaliga qo’yish mumkin. Ma’lumotlarni bo’sh jadvalga qo’yilganda, Access kiritilayotgan ma’lumotlarni ko’rinishiga qarab maydon turini o’rnatadi.

Boshqa manbadan ma 'lumotlarni import qilish.

Faraz qilaylik, kerakli ma’lumotlar boshqa dasturlarda to’plangan bo’lib, ularni import qilish zaruriyati tug'ildi. U holda quyidagilarni bajarish zarur:

Vneshnie dannie- Import bo’limida ma’lumotlari import qilinayotgan fayl turiga mos buyruqni tanlang. Agar kerakli dastur turi mavjud bo’lmasa, u holda Dopolnitelno tugmasini bosing.

Vneshnie dannie dialog oynasidan Obzor tugmasini bosing va ma’lumotlar manbasi faylini tanlang. Quyidagi guruhdan kerakli parametrni tanlang:

• import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yaratish;

• mavj ud j advalga qo ’ shish;

• bog' langan j adval yaratish.

Ukajite, kogda i gde soxranyat dannie v tekushchem baze dannix, ya’ni, import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yaratishni tanlang.

OK tugmasini bosing. Bunda Microsoft Accessda import ustasi ishga tushadi. Import ustasining barcha ko’rsatmalarini bajaring.

Ma’lumotlar Microsoft Accessning yangi jadvaliga import qilinadi.

Topshiriani bajarish tartibi:

1. Jadvalga kiritilayotgan turli xil ma’lumotlarga chegaralanishlar qo'yish uchun:

- Agarda Siz ma’lumotlar bazasining jadval rejimida turgan bo'lsangiz, hosil qilinayotgan jadval uchun Konstruktor rejimiga kiring.;

- Darchaning yuqori qismidagi Mansab maydonida sichqoncha bilan turting;

- Darchaning pastki qismidagi ro'yxatdan Uslovie po znacheniyu (Shartli qiymat) qatorida sichqoncha ko'rsatgichi bilan turting;

- Unda hosil bo'lgan tegishli tugmachani bosib, Mansab maydoni qabul qilishi mumkin bo'lgan ma’lumotlarni aniqlash shartlarini tanlashga imkon beradigan oynani oching;

- Hosil bo'lgan oynada Professor so'zini yozing va undan so'ng OR (mantikiy “yoki” (“ili”) buyrug'i tugmachasini bosing. Keyin Dotsent so'zini yozib, yana usha tugmachani bosing va undan so'ng Assistent so'zini yozing va OK tugmachasini bosing. Shunday qilib, biz Mansab maydoniga faqatgina yuqorida ko'rsatilgan so'zlargina kiritilishi mumkin bo'lgan shartlarni kiritib bo'ldik.

2. Soobshchenie ob oshibke (Xatolar haqidagi ma’lumot) qatoriga quyidagi so'zni kiriting: “Ma’lumotlarni togri kiriting, chunki o'qituvchilar uchun bunday mansab yoq ”;

3. Znachenie po umolchaniyu (Avtomatik ravishda dastur tomonidan kiritiladigan kattalik) nomli qatorda Dotsent so'zini kiriting;

4. Kod (O'qituvchi kodi) maydoniga kiritiladigan ma’lumotlarga chegaralanish o'rnatish uchun ularning qaytarilmasligini va keyinchalik ularni o'zgartirish mumkin bo'lishiga ahamiyat berish kerak. Shuning uchun ham ushbu maydon uchun ma’lumotlarning Schetchik turini qo'llab bo'lmaydi, chunki bunda ma’lumotlar hech qachon qaytarilmaydilar. Ikkinchi shartni bajarish uchun, ya’ni, o'qituvchilar kodlarini o'zgartirishga imkon yaratish uchun Kod maydonida ma’lumotlarning Chislovoy turi tanlanishi kerak bo'ladi. Ularning qaytarilmasligini ta’minlash uchun esa quyidagi ishlarni bajarish kerak bo'ladi:

• Indeksirovannoe pole (Indekslashtirilgan maydon) ko'rsatgichi qatorida sichqoncha ko'rsatgichini o'rnatib, uni turting. Indeks - Access ning jadvaldagi ma’lumotlarni qidirish va saralash uchun ishlatiladigan bir muxim vositasidir.

Jadvalning kalit maydoni (boshlang'ich maydon kaliti) avtomatik ravishda indekslashtiriladi. MEMO, OLE ob’ektlari maydonlari va Giperilova turidagi maydonlarda indekslar hosil qilishga yo'l qo'yilmaydi. Indekslashtirilgan maydon xususiyati bir maydon uchun hosil qilingan indeksni aniqlaydi. Indekslashtirilgan maydon unikal (qaytarilmaydigan) yoki qaytariladigan kattaliklarni o'z ichiga olishi mumkin. Istalgan miqdordagi indekslarni hosil qilishga imkon beriladi;

• Hosil bo'lgan ro'yxatdan Da deb, nomlangan punktni (imkoniyatni) tanlab oling. Bu ishni bajarish “Mos kelishlarga yo'l qo'yilmaydi" (Covpadeniya ne dopuskayutsya) ma’nosini anglatadi va shu ishning dastur tomonidan amalga oshirilishiga olib keladi;

• Endi tegishli tugmachani bosish orqali Tablitsa (Jadval) rejimiga o'ting. Bunda “Hosil bo'lgan jadval saqlansinmi?” degan savolga javoban Da (Xa) tugmachasini bosing;

5. Yuqorida keltirilgan jadvaldan foydalangan holda barcha ma’lumotlarni kiriting. So'ngra Mansab maydoniga Laborant so'zini kiritib kuring. Ekranda “Ma’lumotlarni tugri kiriting, chunki o'qituvchilar uchun bunday mansab yoq” degan ma’lumot hosil bo'ladi. Endi to'g'ri so'zni kiritishingiz mumkin;

6. Jadvalningharbirmaydonikengliginikiritilganma’lumotlarkattaligigamosravishdao'zgartirishuchunquyidagiishlarnibajaring:

• Kod maydonining istalgan qatorida sichqoncha ko'rsatgichi bilan turting;

• Sichqonchani o'ng tugmasini bosib, Shirina stolbtsa (Ustun kengligi) buyrug'ini tanlang;

• Hosil bo'lgan oynada Po shirine dannix (Ma’lumotlar kattaligiga mos ravishda) tugmachasini bosing va natijada maydon kengligi o'zgarilishi amalga oshadi;

• Boshqa maydonlar bilan ham ushbu amallarni bajarib chiqing.

7. Jadvaldan Abdullayev familiyali o'qituvchini qidirishni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish zarur bo'ladi:

• Kursorni Familiya maydonining birinchi qatoriga olib keling;

• Glavnaya menyusidan Nayti (Topilsin) buyrug'ini tanlang;

• Hosil bo'lgan muloqot oynasidagi Obrazets (Namuna) deb nomlangan qatorda Abdullayev familiyasini kiriting;

• Prosmotr (Ko'rib chiqish) nomli qatorda VSE (Xammasi) degan so'z bo'lishi kerak. Buning ma’nosi jadvaldagi “Barcha yozuvlar bo'yicha qidirilsin” degani bo'ladi;

• Sovpadenie(Moskelishlik)qatoridagiro'yxatdan “Slyuboychastyupolya ” (Maydonningistalganqismibilan)imkoniyatinitanlang;

• Tolko v tekushchem pole (Faqat joriy maydonda) deb nomlangan qatorda belgi o'rnating (unda “galochka” belgisi turishi kerak);

• Nayti (Topilsin) tugmachasini turting. Bu amal natijasida kursor ikkinchi yozuvga kelib, Abdullayev familiyasini ajratib ko'rsatadi;

• Nayti dalee (Yana topilsin) tugmachasi turtilsa, kursor to'rtinchi yozuvga o'tadi va yana Abdullayev familiyasini ajratib ko'rsatadi;

• Qidiruv rejimidan chiqish uchun Zakrit (Yopilsin) tugmachasini turtiladi.

8. Assistent Malikova ning maoshini 350000 so'mdan 370000 so'mga o'zgartirish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

• Kursorni Maosh maydonining birinchi qatoriga olib keling;

• Glavnaya menyusining Zamenit (Almashtirilsin) buyrug'ini tanlang;

• Hosil bo'lgan muloqot oynasining Obrazets (Namuna) qatorida 350000s ni kiriting;

• Zamenit na (. . . ga almashtirilsin) qatoriga 380000s ni kiriting. Boshqa imkoniyatlarga ham e’tibor bering, chunki Siz qidiruvni ushbu maydonning barcha yozuvlari bo'yicha amalga oshirishingiz kerak bo'ladi;

• Nayti dalee (Yana topilsin) tugmachasini bossangiz, kursor uchinchi yozuvga kelib to'xtaydi. Lekin bu yozuvda professor qayd qilingan, Siz uchun esa assistent kerak. Shuning uchun qidiruvni davom ettirishingiz kerak bo'ladi. Shuning uchun yana

• Nayti dalee (Yana topilsin) tugmachasini bosasiz. Endi kursor oltinchi yozuvga kelib to'xtaydi. Bu esa Siz uchun kerak bo'lgan yozuvning xuddi o'zi;

• Endi Zamenit (Almashtirilsin) tugmachasini bosishingiz kerak bo'ladi. Buning natijasida ma’lumotlar o'zgaradi, ya’ni Assistent Malikova ning maoshi 30000 so'mdan 32000 so'mga o'zgaradi. Agarda barcha ma’lumotlarni o'zgartirish zarur bo'lsa, Zamenit vse (Xammasi almashtirilsin) tugmachasidan foydalanish kerak bo'ladi;

• Zakrit (Yopilsin) tugmachasini turting.

9. Tugilgan sanasi maydoni bo'yicha kamayish tartibida sortirovkani (tartiblashtirishni) amalga oshirish uchun:

• Tugilgan sanasi maydonining istalgan yozuviga sichqoncha ko'rsatgichini keltirib, uni bir marta turting;

• Uskunalar panelidagi A-Ya harflari orqali belgilangan tugmachani bosing yoki Zapisi, Sortirovka, Sortirovka po ubivaniyu buyruqlarini ketma-ket bajaring. Bu amallar natijasida Tugilgan sanasi maydoni bo'yicha kamayish tartibida sortirovka (tartiblashtirish) amalga oshiriladi.

10. Mansabi va O'qitadigan fani maydonlari bo'yicha ma’lumotlar filtratsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

• Mansab maydonidagi Dotsent yozuvini belgilang;

• Uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Zapisi, Filtr, Filtr po videlennomubuyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida jadvalda faqat dotsentlar haqidagi ma’lumotlargina qoladi;

• Endi O'qitadigan fani maydonida IAT yozuvini turting;

• Uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Zapisi, Filtr, Filtr po videlennomu buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida jadvalda faqat informatika kafedrasining dotsentlari haqidagi ma’lumotlargina qoladi xolos;

• Filtrastiyani man qilish uchun yana filtratsiya tugmachasini bosing yoki Zapisi, Udalit filtr buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring.

• Natijada jadvalda barcha boshlang'ich ma’lumotlar paydo bo'ladi.

11. Hosil qilingan jadvalni ko'rib chiqish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak bo ladi:

• Predvaritelniy prosmotr (Ko'rib chiqish) tugmachasini bosing. Bu ish natijasida jadval ekranda namoyon bo'ladi;

• Ko'rish oynasini yoping;

• AgardaSizmaydonlarniyokijadvalningqog'ozdagijoylashuvinio'zgartirmoqchibo'lsangiz, RazmetkastranitsimenyusidagiParametristranitsiimkoniyatinitanlashingizkerakbo'ladi. Bundahosilbo'lganmuloqotoynasidanfoydalanganholdakerakliko'rsatgichlarniosonginao'zgartirishingizmumkinbo'ladi;

Agarda printer bo'lsa, jadvalni chop qilib olishingiz ham mumkin.



Download 257.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling