Laboratoriya ishi 21. Fayllar bilan ishlash asoslari Ishdan maqsad


Download 315.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana12.12.2021
Hajmi315.01 Kb.
#180244
1   2
Bog'liq
21 - laboratoriya ishi

 

Amaliy qism: 

Matnli fayllarni yaratishda oldingi mavzudagi fayllrani oqimlar usuli bilan yaratish va ularni 

o‘qishda foydalanilgan funksiyalar va strukturalardan foydalaniladi. Matnli fayllar bilan ishlash 

olidngi mavzuda ko‘rib o‘tilgan misolimizda yaqqol ko‘rinib turibdi. Chunki, misolda kiritilgan 

so‘z berilgan fayllag hech qanday o‘zgarishsiz yozilgan. Oldingi mavzudagi misolni kengaytirib 

ko‘rib chiqamiz. Talabalarning familiyasini faylga yozuvchi dastur yaratamiz. Agar 0 soni 

kiritsak faylga yozish to‘htatilsin. 

#include  

#include  

#include  

using namespace std; 

int main() 



 

ofstream output_file("C:\\text.txt"); 

 

string f; 

 

cout << "Talaba familiyasi:"; 

 

cin >> f; 

 

while (f!="0") 

 



 

 

output_file << f <

 

 

cout << "Talaba familiyasi:"; 

 

 

cin >> f; 

 



 

output_file.close(); 

 

return 0; 



 

Topshiriqlar: 

1:  Butun  sonlifayli  berilgan  bo‘lsin.  Undagi  juft  sonlarning  yig‘indisi  hamda  toq 

sonlarning ko‘paytmasini hisoblang. 

2:  Haqiqiy  sonli  fayl  berilgan  bo‘lsin.  Undagi  manfiy  sonlarni  boshqa  faylga, 

musbatlarini esa yana bir boshqa faylga ko‘chiring. 

3:  Haqiqiy sonli fayl berilgan. Undagi toq nomerli elementlarni boshqa bir faylga, juft 

nomerdagilarini esa yana bir boshqa faylga ko‘chiring. 

4:  Haqiqiy sonli 2 ta fayl berilgan. Bu ikki fayldagi ma’lumotlarni almashtiring. 

5:  Berilgan fayldagi haqiqiy sonlarning eng katta va eng kichik elementlarini topuvchi 

dastur yarating. 

6:  Talabalarning familiyasi, ismi hamda matematika va fizika fanlaridan olgan ballari 

saqlanayotgan  fayl  berilgan  bo‘lsin.Familiyasi  x,  ismi  y  bo‘lgan  talabaning 

matematika va fizika fanlaridan olgan ballarini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing. 

7:  Talabalarning familiyasi, ismi hamda matematika va fizika fanlaridan olgan ballari 

saqlanayotgan fayl berilgan bo‘lsin.A’lochi talabalarning   ro‘yhatini chiqaouvchi 

dastur tuzing. 

8:  Talabalarning familiyasi, ismi hamda matematika va fizika fanlaridan olgan ballari 

saqlanayotgan fayl berilgan bo‘lsin. 

Talabalarning har bir fan bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish darajasini aniqlang. 



9:  Avtomobillarning  nomi,  qayd  qilish  raqami  hamda  egasining  familiyasi  va  ismi 

haqidagi  ma’lumotlar  bir  faylda  saqlanayotgan  bo‘lsin.  Qayd  qilish  raqami  k 

bo‘lgan avtomobillarning nomi va egasini aniqlaydigan dastur tuzing. 

10: Avtomobillarning  nomi,  qayd  qilish  raqami  hamda  egasining  familiyasi  va  ismi 

haqidagi  ma’lumotlar  bir faylda saqlanayotgan bo‘lsin. Familiyasi  va ismi x va  y 

bo‘lgan shaxsga tegishli barcha avtomobillar ro‘yxatini aniqlang. 

11: Avtomobillarning  nomi,  qayd  qilish  raqami  hamda  egasining  familiyasi  va  ismi 

haqidagi ma’lumotlar bir faylda saqlanayotgan bo‘lsin. q nomli avtomobilning qayd 

qilish nomeri va egasini toping. 

12: Abonentning  familiyasi,  ismi,  telefon  nomeri  va  yashayotgan  shahri,  ko‘chasi 

haqidagi  ma’lumotlari  saqlanadigan  fayl  berilgan.  Familiyasi  p,  ismi  q  bo‘lgan 

abonentni aniqlaydigan dastur tuzing. 

13: Abonentning  familiyasi,  ismi,  telefon  nomeri  va  yashayotgan  shahri,  ko‘chasi 

haqidagi  ma’lumotlari  saqlanadigan  fayl  berilgan.  k  nomerli  telefon  egasini 

aniqlaydigan dastur tuzing. 

14: Abonentning  familiyasi,  ismi,  telefon  nomeri  va  yashayotgan  shahri,  ko‘chasi 

haqidagi  ma’lumotlari  saqlanadigan  fayl  berilgan.T  shaharning  q  ko‘chasidagi 

abonentlar ro‘yxatini aniqlang. 

15: Har birda N tadan butun son saqlanayotgan 2 ta fayl berilgan. Bu fayllardagi bir xil 

o‘rinda turgan elementlarning eng katta umumiy bo‘luvchilarini boshqa bir faylga 

yozing. 

16: Matnli  fayl  berilgan  bo‘lsin.  Bu  matnni    boshqa  faylga  shunday 

ko‘chiringki,faylning  har  bir  satri  nuqta  bilan  tugasin  yoki  60  ta  belgidan  iborat 

bo‘lsin. 

17: Haqiqiy  sonli  fayl  berilgan  bo‘lsin.Undagi  sonlarni  o‘sish  tartibida  boshqa  bir 

faylga ko‘chiring. 

18: Matli fayl berilgan bo‘lsin. Undagi ketma – ket kelgan raqamlarni boshqa bir faylga 

yozing. 


19: Matnli fayl berilgan bo‘lsin. Unda harf va raqamlardan boshqa belgilarni boshqa bir 

faylga yozing. 

20: Matnli  fayl  berilgan.  Unda  “*”  belgisi  uchraydimi?  Agar  uchramasa  matnni  o‘z 

xolicha qoldiring, aks holda dastlabki “*” dan keyingi barcha kichik lotin harflarni 

kattasi bilan almashtiring. 

21: Matnli  fayl  berilgan.  Unda  “+”  belgisi  uchraydimi?  Agar  uchramasa  matnni  o‘z 

xolicha qoldiring, aks holda dastlabki “+” dan keyingi barcha raqamlarni “–” belgisi 

bilan almashtiring. 

22: Matnli fayl berilgan. Undagi so‘zlardan S++ dasturlash tili o‘zgaruvchisini nomlash 

sifatida foydalanish mumkin bo‘lganlarini boshqa bir faylga ko‘chiring. 

23: Matnli fayl berilgan. Undagi palindrom so‘zlarni, ya’ni ikki tomondan o‘qilganda 

bir xil o‘qiladigan so‘zlarni boshqa bir faylga ko‘chiring. 

24: Matnli  fayl  berilgan  Undagi  unli  xarflar  bilan  boshlanuvchi  so‘zlarni  boshqa  bir 

faylga ko‘chiring. 

25: Butun  sonli  fayl  berilgan.  Bu  fayldagi  sonlarni  absolyut  qiymati  bo‘yicha  o‘sib 

borish tartibida saralang. 

26: Butun sonli fayl berilgan. Bu fayldagi sonlarni absolyut qiymati bo‘yicha kamayib 

borish tartibida saralang. 

27: Matnli  fayl  berilgan  Undagi  so‘zlarni  alfavit  bo‘yicha  saralab  boshqa  bir  faylga 

ko‘chiring. 




28: Matnli  fayl  berilgan  Undagi  so‘zlarni  teskari  alfavit  bo‘yicha  saralab  boshqa  bir 

faylga ko‘chiring. 



 

Download 315.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling