Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Injektorli ta’minlash tizimi tuzilishi va benzonasos ishini nazorat qilish


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1527604
1   2   3
Bog'liq
3-lab (1)

 
Yonilg’i nasosi. Karbyuratorli dvigatellarda diafragma turidagi yonilg’i
nasosi ishlatiladi. Nasos harakatni taqsimlash valining ekssentrigidan olib
yonilg’ini bakdan karbyuratorning qalqovichli bo’linmasiga kichik bosim ostida 
120÷130 kΠa (1,3 kgk/sm
2
) uzatib turadi. Nasos uchta ajraluvchi qismdan: korpus, 
kallak va qopqoqdan iborat, ular bir-biri bilan qistirma orqali vint bilan jips 
mahkamlanadi. Nasos ko’pincha dvigatel blok-karterining yon devoriga bolt bilan 
mahkamlanib, koromisloning tashqi uchi taqsimlash valining ekssentriga tiraladi. 
Taqsimlash vali aylanganda, uning ekssentrigi ta’sirida koromislo o’z o’qi atrofida 
buriladi. 
GM-Uzbekistan avtomobillarida yonilg’i nasoslari masalan: “Damas-B100”, 
“Damas-B150” avtomobilida alohida elelktr yuritmali yonilg’i nasosi; “Tiko “ 
avtomobilida diafragma turidagi yonilg’i nasosi; “Nexia”, “Lacetti” avtomobilarida 
dvigatelida elektr yuritmali, markazdan qochma turdagi yonilg’i nasosi qo’llanilgan 
bo’lib, u yonilg’i bakida joylashgan. 
 
 
 
8-Rasm. Elektr benzonasos. 
1-benzin bosimini sozlovchi klapan trubasi;2-yuqori bosimli benzin trubasi; 3-
elektr simlari; 4-flanes;5-qopqoq cho’tkasi bilan; 6-cho’tka tutkich; 7-magnit; 8-
alyumin korpus; 9-shesternya; 10-so’rish trubasi; 11-pastki qopqoq; 12-to’r filtr. 
 
Yonilg’i sarfini o’lchash 
 
Yonilg’ining solishtirma sarfi ma’lum yuklama va tezlik tartibotlarida 
motorga tushayotgan yonilg’i miqdorini o’lchab aniqlanadi. Tortish stendi asosida 


yaratilgan diagnostika posti komplektlanishi mumkin bo’lgan va har xil prinsipda 
ishlaydigan o’lchagichlar bilan o’lchanadi. 
Hajmli kolba o’lchagichlarining ishlash printsipi kolbadagi yonilg’i bilan 
ishlash vaqtini o’lchashga asoslangan. Bunday usulda dvigatelga yonilg’i faqat 
kolbadan keladi. Bu aniq, lekin mehnatni ko’p talab qiladigan usul. 
Porshenli o’lchagichlar yonilg’ining hajmini o’lchaydi, masalan, to’rt 
porshenli o’lchagichlar ishlatiladi. 
Taxometrik o’lchagichlarning ishi yonilg’i haydash va yonilg’i quyish 
magistrallaridagi parraklarning aylanish chastotasini o’lchashga asoslangan. 
Oqimli 
o’lchagichlar oqimning quvur o’tkazgichdagi qarshilikka
ko’rsatadigan kuchini o’lchaydi. Uni nazorat nuqtasi uchun shchup shaklida bajarish 
mumkin.
Ultratovushli o’lchagich “Dopler effekti”dan foydalanishga, ya’ni ultratovush 
signali chastotasi va fazasining muhit orqali o’tganida o’zgarishiga asoslangan 
(muhitning tezligiga bog’liq holda).
Avtomobil ekspluatatsiyasida yonilg’i sarfini nazorat etish uchun oniy sarfni 
emas, balki yonilg’i bakidagi hajm o’zgarishini o’lchaydigan o’lchagichlar 
qo’llanadi. Bu jihozlar “Fuel Monitoring Sustem” (FMS) nomi bilan ishlab 
chiqariladi. FMS tizimining tarkibiy qismi rasmda ko’rsatilgan.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling