Laboratoriya ishi №3. Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari ishning maqsadi


Kirilcha alifbodan lotincha alifboga o‘tish va aksincha


Download 418.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana10.02.2023
Hajmi418.15 Kb.
#1185363
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

2. Kirilcha alifbodan lotincha alifboga o‘tish va aksincha. 
Kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish uchun tizimli indikatorlar panelidagi klaviatura 
indikatori ustuga sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Hosil bo‘lgan menyudan kerakli 
alifbo tanlanadi (3-rasm).


Bu amalni klaviaturada [Alt]+[Shift] (oldin Alt tugmasi bosilib, uni qo‘yib yubormasdan 
Shift tugmasi bosiladi) yoki [Ctrl]+[Shift] tugmalar kombinatsiyasidan foydalanib ham amalga 
oshirish mumkin. 
3. Matn yozishda foydalaniladigan shrift andazasi (stili), turi va o‘lchamini
o‘zgartirish. 
Buning uchun dastur oynasining menyu satridagi “Формат” menyusiga kiriladi va undan 
“Шрифт” bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynachaning Шрифт bo‘limiga kirib kerakli 
parametrlar o‘rnatiladi va [OK] bosiladi. Bizning misolda shrift andazasi Обычный, shrift turi
Times New Roman, o‘lchami 12 punkt (1 punkt 1/72 dyuymga teng, odatda bu 12-kegl deb 
aytiladi) qilib tanlangan (4-rasm). 
4-rasm. “Формат” menyusining “Шрифт” bo‘limi 
Bu amalni vositalar panelining “Форматирование” bo‘limidagi ob’ektlar orqali ham 
amalga oshirish mumkin (5-rasm).
5-rasm. Formatlash vositalari panelini
Klaviatura orqali ham bu muammoni hal etish mumkin: [Ctrl]+[D] 

4-rasmdagi oynani 
hosil qiladi; [Ctrl]+[Shift]+[S] 

shrift andaza maydoniga olib kiradi; [Ctrl]+[Shift]+[F] 

shrift 
turini o‘rnatishga imkon beradi; [Ctrl]+[Shift]+[P] 

tugmalar birikmasi orqali shriftlar 
o‘lchamini alohida tanlash mumkin.
Agar tayyor yozilgan matnning biror qismi yoki to‘liq qismi ustida bu amalni bajarish zarur 
bo‘lsa, u holda dastlab matnning kerakli bo‘lagi yoki to‘liq qismini  “ajratib” olish talab qilinadi.

Matn qismini ajratib olish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi shu bo‘lak boshiga keltiriladi va 
sichqoncha chap tugmasi bosilib, qo‘yib yuborilmasdan o‘ng tomonga, matn bo‘lagi oxiriga 
qadar sirpantiriladi. Agar bir vaqtda bir necta satr ajratilishi kerak bo‘lsa, xuddi shu usul 
bilan sichqoncha pastga qarab yo‘naltiriladi. Buni klaviatura orqali ham bajarish mumkin. 
Buning uchun klaviaturadan [Shift]+[] klavishlar birikmasi ishlatiladi, ya’ni oldin [Shift] 
klavishi bosiladi va qo‘yib yuborilmasdan [] (yo‘nalishli) klavish bosilib turadi. Jarayon 
kerakli chegaraga etganda to‘xtatiladi (6-rasm). 


Agar matnni to‘lig‘incha ajratish kerak bo‘lsa, u holda menyu rejimida: 
[Правка][Выделить все] 
buyruqlar 
ketma 
ketligi, 
klaviatura 
rejimida 
esa: 
[Ctrl]+[Num 5] klavishlar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.
6-rasm. Matn bo‘lagining ajratilishi 

Download 418.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling