11-rasm. Word 2000 da jadval tashkil qilish
15. Jadval ustunining kengligini o‘zgartirish.
Avval
kerakli ustun belgilanadi, so‘ng “Таблица” menyusidagi “Свойства таблицы”
bandiga kiriladi. Natijada to‘rtta: [Таблица], [Строка], [Столбец] va [Ячейка] nomli
bo‘limlardan iborat oynacha hosil bo‘ladi. Undan [Столбец] bo‘limini tanlab (12-rasm), santimetr
o‘lchov birligidagi kerakli uzunlik o‘rnatiladi va [OK] bosiladi.
12-rasm. Jadval ustuni kengligini o‘zgartirash
Shu yerda eslatib o‘tish joizki, bu oynaning [Таблица] bo‘limi
orqali jadvalning matn
maydonidagi joylashuv holatini, [Строка] bo‘limi orqali jadvalning satr balandligi va [Ячейка]
bo‘limidan esa jadvalning barcha kataklari ustida bir vaqtda bajariladigan amallarni aniqlashtirib
olish mumkin.
Shuningdek, mazkur amallarni sichqoncha ko‘rsatkichi orqali ham bajarish mumkin, ya’ni
buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichi kerakli ustun chizig‘i ustiga qo‘yiladi va ko‘rsatkich
o‘rnida
shakl paydo bo‘lgach, sichqoncha chap tugmasini bosib turib kerakli tomonga (faqat
chap yoki o‘ng) sichqoncha sirpantiriladi (13-rasm). Satr balandligini o‘zgartirish ham xuddi
shunday
amalga oshiriladi, faqat bunda sichqoncha ko‘rsatkichi satr chizig‘i ustida
shaklni
oladi (14-rasm).
13-rasm. Jadvalning ustun kengligi kattalashtirildi.
14-rasm. Jadvalning satr balandligi o‘zgartirildi.