Laboratoriya ishi №3. Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari ishning maqsadi


Download 418.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana10.02.2023
Hajmi418.15 Kb.
#1185363
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 laboratoriya ishi



LABORATORIYA ISHI №3. 
MAVZU: ZAMONAVIY MATN MUHARRIRLARI
 
Ishning maqsadi. Talabalarga Word matn muharririda matnli hujjatlar tayyorlash 
bo‘yicha amaliy bilimlar berish. 
Masalaning qo‘yilishi. Word matn muharririning menyusi vositalar paneli elementlaridan 
foydalanib, turli shakldagi matnli ma’lumotlarni tayyorlash. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. MS Word 

bu matnli hujjatlarni tayyorlash, tahrir qilish 
va chop etishga mo‘ljallangan Microsoft Office dasturlari guruhiga kiruvchi zamonaviy matn 
muharrirlaridan biridir.. Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydigan bu amaliy dastur 
yordamida ixtiyoriy ko‘rinishdagi matnli hujjatni juda tez va sifatli tayyorlash mumkin. U yozuv 
shriftlarining boyligi, yozilgan jumlalarning orfografik, semantik xatolarini avtomatik tarzda 
tuzata olishi, matnlarni istalgan ko‘rinishda va o‘lchamda formatlay olishi, matematik ifoda va 
kimyoviy formulalarni yozishda qulaylik yaratishi bilan boshqa matn muharrirlaridan ajralib 
turadi. Uning yana bir muhim xususiyati shundaki, Windows tizimida ishlaydigan barcha amaliy 
dasturlar bilan o‘zaro aloqada ishlay oladi. Masalan, turli jadvallar, diagrammalar, grafiklar yoki 
rangli rasmlar va shunga o‘xshagan boshqa turdagi ob’ektlarning matnda ishlatilishi talab qilinsa
Wordda bu muammo osongina yechiladi.
Biz quyidagi topshiriqlar va ko‘rsatmalar asosida Word 2000 matn muharriri bilan amaliy 
ish jarayonini tasvirlagan bo‘lsak-da, ammo bu Wordning boshqa versiyalariga nisbatan ham 
umumiylik xususiyatini saqlab qoladi.
Topshiriqlar 
1. Wordga kirish. 
Wordga kirishning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, quyidagi asosiy ikki usulni tavsiya 
etamiz:
1-usul. “Пуск” tugmachasi orqali Windows asosiy menyusiga kirib, “Программы” bandi 
ochiladi va dasturlar ro‘yxatidan “Microsoft Word” tanlanib, sichqonchaning chap tugmasi 
bosiladi (1-rasm): 
1-rasm. MS Wordga kirish. 
2-usul. Agar mavjud bo‘lsa, Windows ish stolidagi Word dasturi yorlig‘i ustida sichqoncha 
chap tugmasi tez ikki marta bosiladi. Natijada ekranda MS Word dasturi oynasi namoyon bo‘ladi 
(2-rasm).

Download 418.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling