Laboratoriya ishi №3. Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari ishning maqsadi
Satrlar oralig‘i intervalini o‘rnatish
Download 418.15 Kb. Pdf ko'rish
|
3 laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Oddiy matnli ma’lumotlarni va matematik formulalarni kiritish.
- 12-guruh
- “Настройка” ga kirib (8-rasm), “Команды”
- Настройка
4. Satrlar oralig‘i intervalini o‘rnatish.
Matnli hujjatlarni tayyorlashda bu amaldan ham ko‘p foydalaniladi. Intervalni o‘rnatish uchun “Формат” menyusiga kiriladi va undan “Абзац” bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan muloqot oynasining междустрочный bo‘limiga kirib, intervallar ro‘yxatidan keraklisi o‘rnatiladi va [OK] bosiladi (7-rasm). Agar masala tayyor matn uchun qo‘yilgan bo‘lsa, u holda matn sohasi to‘liq ajratiladi va yuqoridagi amal bajariladi. 7-rasm. ”Формат” menyusining “Абзац” bo‘limi 5. Oddiy matnli ma’lumotlarni va matematik formulalarni kiritish. Oddiy matnli ma’lumotlar klaviaturaning alifboli va raqamli klavishlari orqali odatdagidek kiritiladi. Masalan, ketma-ket [G], [U], [R], [U], [H] klavishlarni ishlatib, guruh so‘zini hosil qilish mumkin; [Shift]+[G], [U], [R], [U], [H] klavishlar ketma-ketligi Guruh so‘zini hosil qiladi; [1], [2], [-], [G], [U], [R], [U], [H] klavishlar ketma-ketligi 12-guruh so‘zini hosil qiladi va hk. Matematik formulalarni yozish uchun Equation deb ataluvchi maxsus qo‘shimcha formula muharririni chaqirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun vositalar panelidagi belgiga murojaat qilish zarur. Agar mazkur belgi vositalar panelida mavjud bo‘lmasa, demak u o‘rnatilmagan yoki vaqtincha “yashirib” qo‘yilgan bo‘ladi. Undan doimiy foydalanib turish uchun uni vositalar paneliga chiqarib qo‘ygan lozim. Buning uchun vositalar panelining ixtiyoriy belgisi ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, kontekst menyu hosil qilinadi va undan Настройка”_ga_kirib_(8-rasm),_“Команды”'>“Настройка”ga kirib (8-rasm), “Команды” bo‘limi ochiladi (9-rasm). 8-rasm. Word 2000 vositalar panelining kontekst menyusi 9-rasm. Word 2000 Настройка oynasi “Команды” bo‘limining “Категории” panelidan “Вставка”ni tanlab, o‘ng panelga o‘tamiz. O‘ng paneldagi buyruqlar to‘plamidan belgini topib, sichqoncha ko‘rsatkichi orqali “ilintirib” uni vositalar panelining mumkin bo‘lgan joyiga o‘rnatamiz va Настройка oynasini “Закрыть” tugmasidan foydalanib yopamiz. Ushbu formula muharririni ishga tushirish uchun uning xos belgisi ustida tez ikki marta sichqoncha chap tugmasini bosish kerak. Agar avvaldan mazkur ilova o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu haqdagi xabar ekranda paydo bo‘ladi.Uni o‘rnatish uchun foydalanuvchi tomonidan buyruq ko‘rsatma olgandan keyingina dastur o‘rnatiladi va ishga tushadi (10-rasm): 10-rasm. Equation 3.01 dasturi muhiti Shunday qilib, Настройка muloqot oynasi orqali nafaqat vositalar panelini qo‘shimcha belgilar (buyruq tugmalar) bilan to‘ldirish mumkin, balki undagi ortiqcha elementlarni olib tashlash ham mumkin. Download 418.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling