Laboratoriya ishi №3 uzatmalarni yig‘ish to‘plamida ko‘p pog‘onali uzatmalarning tuzilishini va ularni qo‘llab yuritmalarni yaratishni o‘rganish
Download 0.56 Mb.
|
Laboratoriya ishi-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixozlar
- Tasmali uzatmani yig‘ish tartibi
Laboratoriya ishi №3 UZATMALARNI YIG‘ISH TO‘PLAMIDA KO‘P POG‘ONALI UZATMALARNING TUZILISHINI VA ULARNI QO‘LLAB YURITMALARNI YARATISHNI O‘RGANISH Isning maqsadi:Uzatmalarni yig‘ish to‘plamida tishli, tasmali, zanjirli va boshqa uzatmalarning tuzilishini va ularni qo‘llab yuritmalarni yaratishni o‘rganish. Kerakli jixozlar: GM 430 – Uzatmani yig‘ish to‘plami. GM 430 – Uzatmani yig‘ish to‘plami to‘g‘risida ma‘lumot 1-rasm. GM 430 – Uzatmani yig‘ish to‘plami Ushbu GM 430 – Uzatmani yig‘ish to‘plami pog‘onali uzatmalarni amaliyotda qo‘llash va yig‘ish imkon beradi. To‘plam oltita komponentni qamrab oladi. Talabalar uchun turli xil mexanizmlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari, shuningdek dizayn asoslari bilan tanishib chiqish imkoniyati yaratilgan. Tasmali uzatmani yig‘ish tartibi Dastlabki ish - to‘rtta tayanch podshipnigi 4 ni ikkitadan ramka 2 ning uzun yon tarafi bo‘ylab o‘rnating. Keyin esa, tayanch podshipnigi tashqarisidan yo‘nalish val 22 ni joylashtiring (2-rasm). 2-rasm. Tasmali uzatma Quyidagilarni val 22 nng ichki tomonidan ketma-ket siljiting: siqish halqasi 8, shkiv 20, siqish halqasi 8, shkiv 18, siqish halqasi 8, shkiv 16, tasma 24, siqish halqasi va raspor vtulkasi 6. Shkiv va ulangan siqish halqasini, val ustidan shunday siljitingki, ular birgalikda buralsin. Val 22 ikkinchi podshipnik tayanchi 4 ga joylashtirilgach, raspor vtulkasini 6 va siqish halqasi 8 ni val 22 ning tashqi tomonidan siljitib boring. Val 26 boshqa val 22 ga o‘xshash tarzda o‘rnatiladi. Vallar (22 + 26) keyinchalik o‘qining yo‘nalishida o‘rnatiladi. Buning uchun, rasporka vtulkalari 6 ni sharikli podshipnikning ichki tarafiga qarama qarshi itaring va ularni siqish halqalari 8 yordamida mustahkamlang. Keyingi esa, tasma yordamida shkivlarini birlashtirish va vallardagi siqish halqalari 8 bilan burashdan iborat. Boltlar 12 birinchi navbatda qo‘l yordamida buralishi kerak. Shkivlarni vallar ustiga boltlar 10 yordamida biriktirib, boltlar 12 ni yakuniy burash oldidan moslashtirilishi va mahkamlanishi kerak. Agar boltlar teskari tartibda tortilsa, hech qanday siqish ta‘siri bo‘lmaydi. Nihoyat, tasma 24 ni torting. Quvursimon ramka 4 ga ikkita podshipnik tayanchini siqing. Keyin esa, chiqarish valini, tayanchlar vositasadi harakatlantiring, toki tasma tortilsin. Tasma tegishlicha tortilgan bo‘ladi, qachonki, u 1 cm dan ortiq masofaga o‘z yo‘nalishini o‘zgartira olmasa. Burash jarayonida, podshipnik tayanchlari 4 ning parallel ekanligiga ishonch hosil qiling. Harakat val 22 ning kvadrat tomoniga biriktirib qo‘yilgan qo‘l dastagi 28 yordamida amalga oshirilishi mumkin. Transmissiya nisbatlarini o‘zgartirish uchun, valning ikki pog‘onasini bo‘shashtiring va markaz masofasini kamaytiring. Tasma boshqa shkivlar juftligi tomon ko‘chiriladi va keyinchalik qayta tortiladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling