Laboratoriya ishi №3 uzatmalarni yig‘ish to‘plamida ko‘p pog‘onali uzatmalarning tuzilishini va ularni qo‘llab yuritmalarni yaratishni o‘rganish
Download 0.56 Mb.
|
Laboratoriya ishi-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Tishli uzatma
Tasmali uzatmani yig‘ish tartibi
Siljiydigan tishlil uzatmani yig‘ish GL430.00.00.002 chizmasiga asoslangan (2-rasm). Dastlabki ish - to‘rtta tayanch podshipnigi 4 ni ikkitadan ramka 2 ning uzun yon tarafi bo‘ylab o‘rnating. Tayanch 32 ustiga ikkita tayanch podshipnik 4 ga val 32 ni konsol bilan yig‘ish uchun burang. Keyinchalik, tayanch podshipniklarini yig‘ishiga yordam berish uchun, ularni unchalik qattiq mahkamlash shart emas. 3-rasm. Tishli uzatma Tayanch podshipnik 4 ning tashqarisidan yo‘nalish vali 26 ni oling. Quyidagilarni ichki tomondan val 26 ga ketma-ket siljiting: siqish halqasi 8, 1 ta tishli g‘ildirak 18, siqish halqasi 8, 1 ta tishli g‘ildirak 20, siqish halqasi 8 va rasporka vtulka 6. Siqish halqalari 8 ning to‘g‘ri tarafi tishli g‘ildiraklar bilan kontaktga kirishganiga ishonch hosil qiling (18 + 20). Val 26 ikkinchi tayanch podshipnik 4 bo‘ylab o‘rnatilgandan keyin, valga tashqi tarafdan rasporka vtulkasi 6 va siqish halqasi 8 ni siltijib boring. Val 28 boshqa val 26 ga o‘xshash tarzda o‘rnatiladi. Quyidagilarni val 28 ga o‘rnating: siqish halqasi 8, 1 ta tishli g‘ildirak 24, siqish halqasi 8, 1 ta tishli g‘ildirak 22, siqish halqasi 8, tishli g‘ildirak 16, siqish halqasi 8 va rasporka vtulkasi 6. Bundan tashqari, tashqi tomondan val 28 ustiga rasporka vtulkasi 6 va siqish halqalari 8 ni siljitib boring. Val 30 uchinchi val sifatida o‘rnatiladi va tayanch podshipnik 32 kiritiladi. Rasporka vtulkasi 6 bilan tashqi tarafdan bitta siqish halqasi 8, tishli g‘ildirak 14, siqish halqasi 8 ni ushbu val ichidan siljiting. Vallar 26, 28 va 30 keyinchalik, o‘q yo‘nalishi bo‘ylab saqlanadi. Buning uchun rasporka vtulkalari 6 ni sharikli podshipnikning ichki tarafiga qarama qarshi itarib, ularni siqish halqasi 8 yordamida mustahkamlash kerak.Keyingi qadam, tishli g‘ildiraklar 14 + 16, 20 + 22 ni moslashtirish va ularni vallar 16+24 dagi siqish halqalari 8 bilan burashdir. Tishli g‘ildirak 18 tishli g‘ildirak 20 ning siqish halqasiga qarshi suriladi va u yerda saqlanadi. Tishli g‘ildirak 24, tishli g‘ildirak 22 ning siqish halqasidan 45 mm masofada o‘rnatilishi kerak. Shunday qilib, murvat 12 faqatgina qo‘lda buralgan bo‘lishi kerak. Tishli g‘ildiraklar murvatlari 12 ni so‘nggi qattiqlashtirishdan oldin, val murvatlari 10 bilan mustahkamlang va mahkamlang. Agar murvatlar teskari tartibda tortilsa, hech qanday siqish ta‘siri bo‘lmaydi. Nihoyat, to‘g‘ri valning markazi masofasi belgilanishi kerak. Val 26 va val 30 o‘rtasidagi markaz masofa 70 mm; Val 26 va val 28 orasidagi masofa 140 mm. Tayanch podshipniklari 4 ning burashdagi parallel moslashuvini ta’minlang. Burilish harakati val 26 ning kvadrat tomoniga biriktirib qo‘yilgan qo‘l dastagi 34 yordamida amalga oshiriladi. Siljuvchi uzatma agregatining vazifasi, val 26 ni harakatga keltirish bilan ta‘minlanadi. O‘zgarishdan oldin, bu valning podshipnik tayanchidagi siqish halqalari 8 ni yechib oling. Har doim val 26 ni toki ular o‘zaro kesib o‘tuvchi uzatmalar bilan moslashmagunicha qimirlatib turing. Keyin eksa yo‘nalishidagi valni yana bir qadam sifatida burang. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling