Laboratoriya ishi №3 uzatmalarni yig‘ish to‘plamida ko‘p pog‘onali uzatmalarning tuzilishini va ularni qo‘llab yuritmalarni yaratishni o‘rganish


Tez o‘zgaruvchi uzatma moslamasini o‘rnatish


Download 0.56 Mb.
bet3/3
Sana05.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1079714
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya ishi-3

Tez o‘zgaruvchi uzatma moslamasini o‘rnatish tartibi

Tez o‘zgaruvchi uzatma moslamasini o‘rnatish tartibi GL430.00.00.003 chizmaga asoslangan (3-rasm).





3-rasm. Tez o‘zgaruvchi uzatma moslamasi


Birinchi qadam - to‘rtta podshipnik tayanchini 4 - ikki tomondan – ramka 2 ning uzun tarafida o‘rnatishdan iborat. Keyinchalik yig‘ilishni osonlashtirish uchun, tayanchlarni uncha qattiq burash shart emas. Keyin, podshipnik tayanchi 4 ichidan yo‘nalish val 26 ni oling. Quyidagilarni ichki tomondan val 26 ga ketma-ket tartibda siljiting: siqish halqasi 8, tishli g‘ildirak 14, siqish halqasi 8, rasporka vtulkasi 6, ag‘darish dastagi to‘plami 24, rasporka vtulkasi 6, siqish halqalari 8, tishli g‘ildirak 20, siqish halqasi 8, va rasporka vtulkasi 6. Siqish halqalari 8 ning tishli g‘ildirak 14 bilan kontaktga kirishganida to‘g‘ri tomonda ekanligiga ishonch hosil qiling. Val 26 ikkinchi podshipnik tayanchi 4 bo‘ylab o‘rnatilganidan so‘ng, rasporka vtulkasi 6 ni va siqish halqasi 8 ni tashqi tomondan valga surib qo‘ying. Val 28 boshqa yana bir val 26 ga o‘xshash tarzda o‘rnatiladi. Quyidagilarni val 28 ga mahkamlang: siqish halqasi 8, tishli g‘ildirak 22, siqish halqasi 8, tishli g‘ildirak 20, siqish halqasi 8, tishli g‘ildirak 16, siqish halqasi 8, tishli g‘ildirak 14, siqish halqasi 8, va rasporka vtulkasi 6. Bundan tashqari, tashqi tomondan val 28 ustiga rasporka vtulkasi 6 va siqish halqalari 8 ni siljiting. Vallar keyinchalik o‘qi yo‘nalishda o‘rnatiladi. Buning uchun rasporka vtulkalari 6 ni, sharikli podshipnikning ichki tarafiga qarshi itaring va ularni siqish halqalari 8 bilan mustahkamlang. Keyingi qadam, bir vaqtning o‘zida val 28 ga va ularni o‘z holida burash orqali blok hosil qilish uchun, tishli g‘ildiraklar (14, 16, 20, 22) ni surishdan iborat. Tishli g‘ildiraklar 14 ni val 26 ustidan turishini taminlang. So‘ngra, ag‘darish dastagi 24 ni tishli g‘ildirak 14 ga qarshi bosing va uni mahkamlang. Shunday qilib, murvat 12 faqatgina qo‘lda buralgan bo‘lishi kerak. Tishli g‘ildiraklar murvatlari 12 ni so‘nggi qattiqlashtirishdan oldin, val murvatlari 10 bilan mustahkamlang va mahkamlang. Agar murvatlar teskari tartibda tortilsa, hech qanday siqish tasiri bo‘lmaydi. Nihoyat, to‘g‘ri markaz masofasi belgilanishi kerak. Ushbu o‘rnatish va markaz orasidagi masofa 140 mm. Podshipnik tayanchlari 4 ning burashdagi parallel moslashuvini taminlang. Burilish harakati valning kvadrat tomoni 26 ga biriktirib qo‘yilgan qo‘l dastagi 30 yordamida amalga oshriladi. Tez o‘zgaruvchi uzatmaning vazifasi, val 26 ni harakatga keltirish bilan taminlanadi. O‘zgarishdan oldin, bu valning podshipnik tayanchidagi siqish halqalari 8 ni yechib oling. Har doim val 26 ni toki ular o‘zaro kesib o‘tuvchi uzatmalar bilan moslashmagunicha qimirlatib turing. Keyin esa yo‘nalishidagi valni yana bir qadam sifatida burang.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling