Laboratoriya ishi №3


Download 0.7 Mb.
bet2/5
Sana04.11.2020
Hajmi0.7 Mb.
#141063
1   2   3   4   5
Bog'liq
Лаборатория-иши-№3


QISQACHA NAZARIYA

Havoning namligi va bu namlikni o`lchash. Tabiatda suvning qariyb hamma yerda bug`lanishi natijasida atmosfera havosida, ayniqsa atmosferaning yer yuziga yaqin qatlamlari havosida suv bug`i bo`ladi. Bu hodisa havoning namligi deb ataladi. Havodagi suv bug`ining miqdori ikkita asosiy kattalik: absolyut va nisbiy namlik bilan xarakterlanadi.

Havoning hajm birligidagi suv bug`i massasi absolyut namlik deb ataladi va f bilan belgilanadi. Amalda absolyut namlik kub metrga to`g`ri keladigan grammalar soni (g/m3) bilan ifodalanadi. Meteorologiyada absolyut namlik havo tarkibida bo`lgan va mm. sim. ust.da yoki Paskalda ifodalanaib, suv bug`ining partsial bosimi P bilan xarakterlanadi (boshqa gazlarni hisobga olmaganda suv bug`ining o`zini beradigan bosimiga partsial bosim deyiladi). Bu kattaliklar orasida son jihatidan quyidagi munosabat bo`ladi:



,

bu erda t — havo temperaturasi. t=1518°C bo`lganda f va P kattaliklar son jihatidan bir-biriga qariyb to`g`ri keladi.

Berilgan temperaturada 1m3 havoni to`yintiruvchi suv bug`ining gramm hisobidagi massasi yoki, tegishlicha, ayni temperaturada to`yingan bug`ning partsial bosimi Pm maksimal namlik deb ataladi va fm bilan belgilanadi.

1 m3 havoni to`yintiruvchi suv bug`ining gramm hisobidagi massasi va, tegishlicha, bir qadar temperaturalarda bug`ning partsial bosimi quyidagi jadvalda keltirilgan.




Tempera-tura, 0C

Zichlik, g/sm3

Bosim, mm.sim.ust.

Tempera-tura, 0C

Zichlik, g/sm3

Bosim, mm.sim.ust.

10

9, 4

9, 21

16

13, 6

13, 63

11

10, 0

9, 84

17

14, 5

14, 53

12

10, 7

10, 52

18.

15, 4

15, 48

13

11, 4

11, 23

19

16, 3

16, 48

14

12, 1

11, 79

20

17, 3

17, 54

15

12, 8

12, 79










Nisbiy namlik absolyut namlik f ning maksimal namlik fm ga nisbati bilan o`lchanadi va odatda, protsent bilan ifodalanadi:

Yoki partsial bosim orqali bo`ladi.

Nisbiy namlik D ayni sharoitda havoning namligi (absolyut namligi) xuddi o`sha temperaturadagi maksimal namligiga qanchalik yaqin kelishini bildiradi. Nisbiy namlik havoning suv bug`iga to`yinish darajasini ko`rsatadi deb aytish mumkin. Atrofdagi havoning nisbiy namligi qanchalik kichik bo`lsa, ayni sharoitda suv shunchalik tez bug`lanadi va aksincha, atrofdagi havoning nisbiy namligi qanchalik katta bo`lsa, ayni sharoitda suv shunchalik sekin bug`lanadi.

Havoning namligi organizmning hayot faoliyati uchun katta ahamiyatga еga, chunki u atrofdagi muhitga issiqlik berilishini ko`p daraja taqozo qiladi. Bunda havoning absolyut namligi ham, nisbiy namligi ham ahamiyatga еga bo`lishi mumkin. Masalan, teri sirtidan suvning bug`lanishi havoning nisbiy namligiga bog`liq bo`ladi; o`pkaning suvni bug`latishini ko’rib chiqishda havoning absolyut namligini hisobga olish kerak, chunki o`pkadan 300C chamasi temperaturada bug`ga butunlay deyarli to`yingan havo chiqariladi. O’pkada havoning to`yinishi uchun zarur bo`lgan havo miqdori, aftidan, nafas olganda kiradigan xavoning absolyut namligiga bog`liq bo`ladi. Nisbiy namligi 40% dan 60% gacha bo`lgan atmosfera odam hayoti uchun normal hisoblanadi. Havoning absolyut namligini ham, nisbiy namligini ham bilish uchun bu kattaliklardan faqat birini aniqlashning o`zi kifoya, chunki havoning ikkinchi kattalikka o`tish uchun zarur bo`lgan maksimal namligi berilgan temperaturaga qarab yuqorida keltirilgan jadvaldyan topiladi.

Havoning namligi uchun shudring nuqtasi deb ataladigan temperatura ham muhimdir. Havo tarkibidagi bug` to`yingan holatga еrishadigan temperatura yoki, boshqacha aytganda, havoning maksimal namligi ayni sharoitda absolyut namligiga son jihatidan teng bo`ladigan temperatura shudring nuqtasi deb ataladi. Temperatura shudring nuqtasidan pasaygan bug` kondensatlana boshlaydi.

O’zining suyuqligi bilan dinamik muvozanatda bo’lgan bug’ga to’yingan bug’ deyiladi. To’yinmagan bug’da esa suyuqlik miqdori bug’ga nisbatan katta bo’ladi.

To‘yinmagan bug‘ni o‘zgarmas bosimda sovutish natijasida to‘yingan bug‘ hosil bo‘ladi. To‘yingan bug‘ga o‘tish va kondensatsiya boshlanish nuqtasidagi suv bug‘ining temperaturasiga shudring nuqtasi deyiladi.

Shuni ta`kidlab o`tamizki, atmosferada biror mayda zarrachalar yoki еlektr zaryadlari (chang zarrachalari, еlektronlar, gaz ionlari va shu kabilar) bo`lsa, bug`ning kondensatlanishi osonlashadi. Bu zarrachalarga suv molekulalari o`tiradi va juda mayda tuman tomchilari hosil bo`ladi. Absolyut toza havoda bug`ning kondensatlanishi qiyinlashadi, bunda temperatura shudring nuqtasidan ancha past bo`lgandagina bug` kondensatlanishi mumkin.


Namlikni aniqlash usullari.

Namlikni aniqlashning bir necha hil usullari mavjud bo’lib, quyida ular hqida berilgan:

1. Havoning absolyut namligi shu havodagi bug’ni yuttirish va uning massasini o’lchash yo’li bilan bevosita aniqlanishi mumkin. Buning uchun muayyan hajmi yuqori gigroskopik modda, masalan kalsiy xlorid bilan to’ldirilgan U simon naylar sistemasi N orqali so’riladi. Bu maqsad uchun ma’lum hajmli butyl B dan foydalanish qulay, butyl B oldindan suv bilan to’ldirilib olinadi, so’ngra suv kran K orqali chiqariladi va uning o’rniga havo so’riladi. Naylar tajribadan oldin va tajriba o’tkazilgandan keyin tortib ko’rilib, moddaga shimilgan bug’ massasi va demak, havoning ayni hajmidagi bug’ massasi aniqlanadi.

2. Havoning namligi gigrometr va psixrometr degan asboblar yordami bilan ham aniqlanishi mumkin.

Eng oddiy tuzilgani qilli (soch) gigrometridir (111-rasm). Bu asbob yog’sizlantirilgan qillar tutami S dan iborat. Qillar gigroskopik bo’ladi: qilning qobig’ida mikroskopik bo’shliqlar bo’lib, bu bo’shliqlarga namlik adsobsiyalanadi. Bunda qil ma’lum kattalikka uzayadi, qilning uzayish kattaligi esa atrofdagi havoning nisbiy namligiga bog’liq bo’ladi. Qilar tutami uzunligining o’zgarishi blok orqali asbobning C strelkasiga beriladi. Asbob tajriba asosida darajalarga bo’linadi.

Gigrograf ham ana shu prinspda tuzilgan. Gigrograf xonadagi havo nisbiy namligining o’zgarishi egri chizig’ini harakatlantirib turuvchi lentaga uzluksiz ravishda yozib boruvchi asbobdir (112-rasm). 112-rasmdagi belgilar quyidagilarni ko’rsatadi: S-qillar tutami, R-richag, S-strelka, M-soat mexanizmli baraban.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling