Labоratоriya ishi №5 Planetar mexanizmlarning uzatish nisbatini aniqlash. Ishdan maqsad


Download 85.1 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi85.1 Kb.
#1448641
Bog'liq
Lab-. Planetar mexanizmlarning uzatish nisbatini aniqlash.




LABОRATОRIYA ISHI №5
Planetar mexanizmlarning uzatish nisbatini aniqlash.
1.Ishdan maqsad:
Planetar reduktorning konstruksiyasi, yig‘uvchi birliklari va detallari bilan tanishish. Hisoblash va o‘lchash yo‘li bilan tishli uzatmalarning geometrik parametrlarini aniqlash. Ba’zi bir detal va uzellarning vazifasini o‘rganishdan iborat.
2.Kerakli asbob va uskunalar
O‘lchash asboblari: 300mm li chilangarlik chizg‘ichi, shtangensirkul, kronsirkul, burchak o‘lchagich ѐki transportir.
3.Umumiy ma’lumotlar
Tarkibida qo‘zg‘aluvchan o‘qqa o‘rnatilgan tishli g‘ildiraklari bo‘lgan uzatma planetor uzatma deyiladi. Satellitlarning markaziy g‘ildirak atrofidagi harakati planetalar harakatiga o‘xshash bo‘lganligidan, bunday uzatmalar planetar uzatmalar deb ataladi.

Reduktorning kinematik sxemasi.



1-rasm.


Bunda markaziy g‘ildirak a, uning atrofida vodila N vositasida o‘z o‘qi bilan birga harakatlanadigan g‘ildirak - satellit g hamda asosiy g‘ildirak b dan tuzilgan.
Uzatmadagi g‘ildiraklardan b qo‘zg‘almas bo‘lganda harakatni a dan N ga ѐki N dan a ga; qo‘zg‘almas bo‘lganda esa a dan b ga ѐki b dan a ga uzatish mumkin.
Agar uzatmadagi hamma g‘ildiraklar qo‘zg‘aluvchan bo‘lsa, b ning harakatini a va N ga ѐki a va N ning harakatini b ga uzatish mumkin.
Planetar uzatmalarda ikki valdan harakatni bir valga, va aksincha, ya’ni harakatni bir valdan ikki valga taqsimlab uzatish imkoniyati mavjud. Uzatmalarning bunday xili differensial uzatma deyiladi.





4.Ishni bajarish tartibi.

  1. Reduktorning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechiring, reduktor va chizmani bir-biriga mos kelishini tekshiring.

  2. Reduktordagi boltlarni echib, asos bilan ishchi detallarni yig‘ma holatda ajratib oling.

  1. Reduktor uzel detallarini ko‘zdan kechiring.

  1. G‘ildirak va shesternya tishlarini yo‘nalishi va qiyalik burchagi β - ni aniqlang.

  1. Satellitlar S sonini sanang.

  2. Satellit tishlar soni zq sanang.

  3. Satellit o‘qlari orasidagi masofani o‘lchang.

  4. Asosiy g‘ildirak tishlar sonini z sanang.

  5. O‘qlararo aw masofani o‘lchang.

  6. Reduktor valini diametrini o‘lchang.

Reduktorning asosiy xarakteristikasi.


№ 1.

Nomlanishi

Belgisi

SHesternya

G‘ildirak

Uzatmaning turi










2.

Tishning yo‘nalishi (chap, o‘ng)










3.

Tishning qiyalik burchagi










4.

Tishli g‘ildiraklar eni mm.










5.

Tishlar soni (asos,










6.

satellitlar)










7.

Tish kallagi diametri.










8.

O‘qlararo masofasi(satellitlar)










9.

Uzatishlar soni










5.Xulosa.
Takrorlash uchun savollar.

  1. Planetar reduktor deb nimaga aytiladi?

  2. Uning vazifasi nimadan iborat?

  3. Planetar uzatmalarning afzalliklari va kamchiliklari?

  4. Planetar uzatmalar qanday qismlardan iborat?

  5. Planetan reduktorlarning qanday turlarini bilasiz?

  6. Planetar reduktorlarda qanday tishli g‘ildiraklar ishlatiladi?

Download 85.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling