Tajriba - 2 Geterogen kimyoviy reaksiyalar tezligiga chegara sirtning ta’siri
CaCO3 dan (bo‘r) tarozida tortib, Har biri taxminan 0,5 g bo‘lgan ikkita namuna oling. Namunalardan birinchisi kukun holigacha maydalangan, ikkinchisi esa kichkina bo‘lakchalar holida bo‘lsin. Ikkita probirkaga1/4 hajmi gacha 10% xlorid kislota eritmasidan quying va ularga bir vaqtda bo‘r namunalarini soling. Probirkalarning qaysi birida reaksiya tezroq tugaydi.
Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun ikkala xolda ham reaksiya tezligi har xil bo‘lish sababini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |