Laboratoriya ishi №6 quyosh batarеyalarini kеtma-kеt va paralel ulash usullari
Download 36.17 Kb.
|
1 2
Bog'liqLABORATORIYA ISHI 6
LABORATORIYA ISHI №6 QUYOSH BATARЕYALARINI KЕTMA-KЕT VA PARALEL ULASH USULLARI Ishdan maqsad 1. Quyosh batareyalarini ketma-ket va parallel ulashni tajribada o‘rganish 2. Olingan laboratoriya natijalari ustida fikr yuritish va ketma– ket va parallel ulash Qisqacha nazariy malumot O‘zbekistonning shimolida quyosh energiyasining doimiyligi yiliga 2800 soatni tashkil etadi. Janubiy mintaqalarimizda bu mikdor ortib borib (Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) yiliga 3050 soatdan iborat bo‘ladi. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston quyoshli mintaka hisoblanib, bu energiyadan kerakli maqsadda foydalanish davr taqozosi hisoblanadi. Quyosh fotoelektrik qurilmalari ko‘pdarajali murakkab texnik sistema bo‘lib,quyosh nurlanishini elektr energiyasiga aylantirish uchun ishlab chikilgan.O‘zbekiston hududining o‘ziga xos ko‘rinishdagi yuzalarida quyosh radiatsiyasi oqimining yukori darajasi (830-850 Vt/m2) da tadqiqotlar olib borilganda butun yil davomida fotoelektrik qurilmalarni to‘liq ishlatish imkonini beradi. Fotoelektrik qurilmalar quyosh fotoelektrik batareyalari va bo‘tlovchi qurilmalardan tashkil topgan. Quyosh fotoelektrik batareyalari ketma-ket yoki parallel ulangan quyosh elementlaridan (fotoelektrik plastinalar) tashkil topgan. Ketma – ket ulash natijasida fotoelektrik plastina (yacheyka) tezda birlashadi va asosan chiqish kuchlanishi sezilarli darajada oshadi. Tok kuchi esa butun zanjir bo‘ylab bir xil bo‘ladi (1-rasm).𝑈ум. = 𝑈1 + 𝑈2 + 𝑈3 + 𝑈4 + 𝑈5 + ⋯ + 𝑈𝑛 𝐼ум. = 𝐼1 = 𝐼2 = 𝐼3 = 𝐼4 = 𝐼5 = 𝐼𝑛 Quyosh fotoelektrik batareyasining pik quvvati quyidagi ifodadan topiladi. 𝑃пик = 𝑈ум. ∗ 𝐼ум. Quyosh elementlarini (QE) ketma-ket yig‘ishda barcha elementlar zanjir shaklida boradi va yig‘ilgan qo‘shni elementlar qarama-qarshi ishorada boradi (2-rasm). 1-Rasm. Quyosh elementlarini ketma ket va parallel ulash uchun tajriba stendi Ularni bittalab yig‘ishda bir qancha nuqsonlari mavjud: 1. Yoritilganlik, quyosh nurlanishi oqim zichligi qiymati kichik bo‘lganda kuchlanish va tok kuchi o‘zgaruvchan kichik qiymatga ega bo‘ladi. 2. Qaysi bir elementning tok kuchi yoki quvvati sezilarli kichik bo‘lsa butun tizimda quvvat past bo‘ladi. Dastlab tajriba stendi quyosh nurlari bilan yoki sun’iy quyosh imitatorida yoritiladi. Bitta quyosh elementi tanlab olinib uning parametrlari (salt yurish kuchlanishi Uc.yu, , qisqa tutashuv toki Iq.t, pik quvvati Rpik.) va yoritilganlik/quyosh nurlanishi oqim zichligi aniqlanadi. Download 36.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling