Laboratoriya ishi №7 yakka plastina metodi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlikni aniqlash
Download 285.05 Kb. Pdf ko'rish
|
№7 YAKKA PLASTINA METODI BILAN ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIKNI ANIQLASH
Tajriba qurilmasi 2-rasm. Elektroplitkaning quvvatini aniqlash Ishning bajaralish tartibi a) Quvvatni o‘lchash • Laboratoriya o‘rnatmalarini CASSY ga yuklang (CASSY Lab2). • Tanlangan namunaga mos ravishda kalorimetrik kamerani transformatorga ulang. Eslatma: Roxasell (Rohacell) plastinkasi past issiqlik o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lganligi uchun ishchi kuchlanish 6 V chegaradan katta bo‘lmasligi kerak, aks holda kalorimetrik kamera o‘ta qizib ketishi mumkin! • Transformatorni ishga tushiring, ekranda UB1 kuchlanishni va IA1 tok kuchini kuzating hamda yozib oling. • P quvvatni yozib oling. • Transformatorni o‘chiring. b) Temperaturani o‘lchash • Laboratoriya o‘rnatmalarini CASSY ga yuklang (CASSY Lab2). Eslatma: zarur bo‘lgan hollarda temperatura datchiklarini o‘lchash kamerasiga o‘rnatmasdan oldin tekshirib oling. Buning uchun ularni bir xil temperaturaga ega obyektga joylashtiring- masalan, ular bir xil temperaturani ko‘rsatyotganini aniqlash uchun, turg‘un suvga yoki CASSY 2 laboratoriyasiga (CASSY Lab 2) o‘rnating. • Ikkala temperatura datchiklari o‘zgarishlarini kuzating. • Eng past temperatura o‘zgarmay qolguncha kuting. Eslatma: muz temperaturasiga bog‘liq ravishda, agar temperatura 0 °C dan ancha past bo‘lsa, bu maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Shu temperaturani o‘lchash mobaynida imkoni boricha doimiy qilib ushlab turish kerak, bu temperatura -2°C dan +4 °C gacha oraliqda bo‘lishi tavsiya etiladi. • Transformatorni ishga tushiring. Hali o‘lchashniboshlamang! • Ikkala temperaturaning ham o‘zgarishlarini kuzating va to yuqoriroq temperaturaning oshishi boshlanmaguncha kuting. • O‘lchashni dan boshlang. • Ichki temperatura ortishni boshlaganda, muz tagidagi tashqi temperatura doimiy qoladi. Tashqi temperatura 0.5 °C ga oshsa, muz bilan kontaktlashishni yaxshilang. Zaruriyat tug‘ilganda, o‘lchash vaqtida bunday tuzatishlarni qaytaring. • Agar ichki temperatura 60 °C ga erishsa, transformatorni o‘chiring va tajribani pastroq kuchlanish yoki quvvat bilan takrorlang. • Agar ichki temperatura juda sekin yoki o‘zgarmay qolsa (yoki taxminan minutiga 0.15 °C ga o‘zgarsa), dan o‘lchash to‘xtatilishi mumkin. • Transformatorni tarmoqdan uzing. Eslatma: Qismlarga ajratish vaqtida, birinchi navbatda temperatura datchiklarini oling va keyin ilgakli tutqichdan foydalanib, qurilish materiali namunasini chiqarib oling. Download 285.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling