Laboratoriya ishi №8


Download 371.5 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi371.5 Kb.
#1145370
1   2   3   4   5
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №8

1. α - latunlar. Bu latunlarning tarkibida ruxning miqdori 39% gacha bo‘lib, ularning strukturasi asosan ruxning misdagi qattiq eritmasi bo‘lgan α - kristallardan iborat (2-rasm).



2-rasm. α - latun strukturasining sxemasi.
α - qattiq eritma kristallarining rangi har xil bo‘lishiga sabab, ularning namunalari yuzasiga turli xil kristallografik yuzalari chiqishi va bu yuzalarining kimyoviy eritma ta’sirida bir xilda yemirilmasliklaridadir (kristallarning anizatropik xossalari). α - latunlar quyidagi markalar bo‘yicha ishlab chiqariladi: Л60, Л63, Л68, Л70, Л 80, Л 85, Л 90, Л 96.
α - latunlar juda yumshoq. Ularga bosim ostida ishlov berilib, har xil xomashyo materiallar: yupqa list, folga, lenta, truba, sim, va boshqalar ishlab chiqariladi.
2. α+β latunlar. Bu latunlarning tarkibida ruxning miqdori 39-45% oralig‘ida bo‘ladi. Ularning strukturasi ikki xil qattiq eritmalarning α va β kristallardan tuzilgan (3-rasm).
Bu yerda α - ruxning misdagi qattiq eritmasi; β - ruxning misdagi elektron bog‘lanish asosida tuzilgan (elektronlar soni 3, atomlar soni 2) qattiq eritmasi.

3-rasm. α+β latun strukturasining sxemasi

α+β latunlar α - latunlarga nisbatan ancha mustahkam, lekin plastikligi kam qotishma hisoblanadi. Bu latunlardan bosim ostida ishlov berish yo‘li bilan har xil detallar ishlab chiqariladi. bu latunlardan eng ko‘p tarqalgan markasi Л 59.


Maxsus latunlar. bu latunlarning tarkibida ruxdan tashqari boshqa elementlar ham bor. Latunlarni legirlashdan maqsad ularning xossalarini yaxshilashdan iborat. Maxsus latunlarning markalarida Л harfidan keyin legirlovchi elementlarning nomlari belgi sifatida yoziladi, masalan: С-qo‘rg‘oshin, O-qalay, Ж-temir, M-marganes, Н-nikel, K-kremniy, A-alyuminiy va boshqalar.
Harflardan keyingi son latundagi misning va legirlovchi elementlarning miqdorlarini (%) da ko‘rsatadi. Masalan: ЛС59-1 latunning tarkibida 57-60% mis va 0,8-1,5% qo‘rg‘oshin bor, qolgani esa ruxdan iborat.
Maxsus latunlar ikki turga bo‘linadi:
1. Quyma latunlar: ЛK80-ЗЛ, ЛКС80-3-ЗЛ va boshqalar;
2. Bosim ostida ishlov berilgan latunlar: ЛАЖ60-1-1, ЛС59-1, ЛЖМ59-1-1 va boshqalar.
Bronza. Bronza misning qalay va boshqa elementlar (Al, Si, Be, Pb) bilan hosil qilgan qotishmasidir. Legirlanishiga qarab bronzalar: qalayli, alyuminli, kremniyli, berilliyli turlarga bo‘linadi.
Bronzalar Бр harflari va legirlovchi elementlarning bosh harflari bilan, hamda ularning miqdorini ko‘rsatadigan sonlar bilan belgilanadi. Masalan: БрЦС 4-4-2,5 markali bronzaning tarkibida qalay (O) - 4%, rux (Ц) - 4%, qo‘rg‘oshin(С) - 2,5% bor.
Qalayli quyma bronzaning strukturasi ikki fazadan iborat: α - dendrit kristallari (qalayning misdagi qattiq eritmasi) va ular orasida joylashgan yevtektoid aralashma (α+β) (4-rasm) lardan iborat. Bu yerda β-Сu31Sn8 birikmasi hisoblanadi.
Qalayli quyma bronza antifriksion (yengil sirpanadigan) detallar, tishli g‘ildiraklar, sirpanma podshipniklar va nam havoda hamda dengiz suvlari ta’sirida ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Bosim ostida ishlov beriladigan bronzaning tarkibida qalayning miqdori 5-6% dan ortmaydi. Bronzaning bu turidan prujina, membrana, antifriksion detallar tayyorlashda va boshqa sohalarda foydalaniladi.
Bosim ostida ishlov beriladigan va yumshatilgan bronzaning strukturasi bir xil α - qattiq eritmaning kristallari (5-rasm) dan iborat.




4-rasm. Qalayli quyma bronzaning strukturasi.


5-rasm. Bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan bronzaning strukturasi.



Alyuminiy va uning qotishmalari. Alyuminiyning strukturasi (bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan holatida) bir xil kristall donalardan iborat. Alyuminiy va uning qotishmalarini temir va kremniydan to‘la tozalash juda qiyin. Shuning uchun alyuminiy kristallarining orasida kremniyning kristallari (kulrang), FeAJ3, birikmalari (qo‘ng‘ir) hamda alyuminiy-kremniy-temirdan tuzilgan uchlamchi birikmalar uchrashi mumkin (6-rasm). Ular alyuminiy va uning qotishmalarining plastikligini kamaytiradi.



6-rasm. Alyuminiy strukturasining sxemasi.


Alyuminiy qotishmalari ikki turga bo‘linadi: a) quyma qotishmalar; b) bosim ostida ishlov berilgan qotishmalar.



Download 371.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling