Laboratoriya ishi Bajardi: Ibrohimov Numonjon Tekshirdi: Toshtemirov Temirbek


GNS3 MUXITIDA MPLS TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TARMOQNI SOZLASH


Download 0.77 Mb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1358551
1   2   3
Bog'liq
10-11-12

GNS3 MUXITIDA MPLS TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TARMOQNI SOZLASH


Ishdan maqsad
Ishdan maqsad: MPLS texnologiyasini ishlash tamoyillarini va vazifalarini hamda sozlashni o‘rganish
Topshiriq

  1. Tarmoq topologiyasini variant bo‘yicha o‘rganing

  2. R1, R2 va R3 marshrutizatorlar interfeyslarining rasmda ko‘rsatilgandek IP adreslarini sozlang va tekshiring

  3. MPLS sozlang va tekshiring

  4. Har bir marshrutizatorning marshrutizatsiya jadvalini o‘rganing.

MPLS texnologiyasi asosidagi Tarmoq topologiyasi 11.1-rasmda keltirilgan





11.1 - rasm. MPLS texnologiyasi asosidagi tarmoq topologiyasi




Qisqacha nazariy ma’lumot

MPLS (Multi protocol label switching- Ko‘p protokolli belgilar kommutatsiyasi) – yuqori unumdorlikka yega telekommunikasiya tarmog‘idagi, tarmoqning bir tugunidan ikkinchisiga ma’lumotlarni belgilar yordamida yetkazuvchi mexanizm. MPLS masshtablashtiriladigan va xar qanday protokollardan mustaqil ma’lumot uzatish mexanizmi. MPLSga asoslangan tarmoqlarda ma’lumot paketlariga belgilar qo‘yiladi. Paketni tarmoqning boshqa tuguniga uzatish xaqidagi qaror paketga o‘zlashtirilgan belgi qiymati asosida amalga oshiriladi, paket o‘z ichiga olgan ma’lumotlarini o‘rganish zaruriyati yo‘q.


MPLS texnologiyasi xar bir ma’lumotlar paketiga qo‘shiladigan MPLS sarlavxasiga ishlov berishga asoslangan. MPLS sarlavxasi bitta yoki bir nechta “belgi”dan iborat bo‘lishi mumkin. MPLS sarlavxasidagi bir nechta yoxuvlar (belgilar) – belgilar steki deb nomlanadi. Belgilar stekidagi xar bir yozuv quyidagi 4 ta maydonchadan iborat:

  • Belgi qiymati (Label); 20 bit yegallaydi;

  • Trafik toifasi maydonchasi (Traffic Class), ortiqcha og‘irlik tushgani xaqida oshkora bildirish (Explisit Congestion Notification, ECN) (RFC 5462 gacha bu maydoncha Exp (Experimental Use) deb nomlangan) va xizmat ko‘rsatish (QoS) mexanizmlarini ishga tushirish uchun kerak; 3 bit yegallaydi;

  • Stek tubi bayrog‘i (Bootm of stack); bayroq 1ga o‘rnatilgan bo‘lsa, joriy belgi stekdagi oxirgi belgi yekanligini bildiradi; 1 bit yegallaydi;

  • TTL (Time to live) maydonchasi, MPLS kommutasiyasida xalqalar xosil bo‘lishining oldini olishga xizmat qiladi; 8 bit yegallaydi.

Ko‘p protokolli belgilar kommutatsiyasi MPLS ikkinchi sath kommutatsiyasi (ulash o‘rnatish orqali) IP protokolini (ulash urnatishsiz) birlashtiradi. Bu holda IP protokolining trafigi o‘zi harakatlanayotgan kommutatsiyalanadigan magistralning ichki strukturasida aks etadi, buning hisobiga quyidagilarga erishiladi:

  • xizmat ko‘rsatish sifati (QoS);

  • trafik boshqaruvi (TE);

  • o‘tkazuvchanlik qobiliyatini boshqarish osonlashadi ya’ni IP tarmog‘ida odatda uchramaydigan va ikkinchi sath tarmoqlarining harakteriga mos.

Bunday olib qaraganda MPLS da ham ATM va FR ga o‘xshab virtual kanallardan foydalanadi (VC), odatda ularni belgilar kommutatsiyasining marshruti (LSP) deb nomlanadi va ular MPLS ni bazaviy ulanishini ta’minlaydi. Bu texnologiyaning “ko‘p protokolli” ma’nosi shuni bildiradiki u ko‘pgina boshqa protokollar bilan ham ishlay oladi.
MPLS ancha universal texnologiya va uning yordamida bugungi kunda quyidagi vazifalarni yechish mumkin:

  • ATM va FR ni IP bilan integratsiyalanashuvini;

  • Paketlarni operator tarmog‘i qiska marshrut orqali tezkor harakati;

  • Shaxsiy virtual tarmoqlarni yaratish (VPN);

Yo‘nalishlarni tekis taqsimlangan holda tanlab o‘rnatish.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling