Laboratoriya ishi ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarida


Download 72.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.11.2023
Hajmi72.79 Kb.
#1769454
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-tajriba ishi. Ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash. — копия




2- LABORATORIYA ISHI
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA VA INSHOOTLARIDA 
TABIIY YORUG‘LIKNI ANIQLASH. 
1. Ishning mаqsаdi vа vаzifаlаri. 
Ishlab chiqarish xonalarida tabiiy va sun’iy yoritilganlik darajasini 
o‘lchash va olingan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish normalariga muvofiq 
ta’minlashda me’yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 ga 
mos ravishda baholash. 
2. Ishning mazmuni:
1. Ishlab chiqarish xonalarida tabiiy va sun’iy yoritilganlik darajasini 
o‘lchash uchun me’yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 
bilan tanishish. 
2. Yoritilganlikni o‘lchaydigan asbob bilan tanishish. 
3. Ishlab chiqarish xonasida tabiiy va sun’iy yoritilganlik darajasini
o‘lchash. 
4. Ishlab chiqarish xonasida turli nuqtalarining yorug’lik bilan 
taʼminlanishiga qarab yoritilganlik dara jasiin baholash. 
Tayanch iboralar: yoritilganlik, yorug‘lik kuchi, ravshanlilik, yorug‘lik 
oqimi, pul’satsiya koeffitsienti, notekislik koeffitsenti, lyuksmetr. 
Umumiy ma’lumotlar 
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat 
muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. Tо‘g‘ri loyihalangan va 
amalga oshirilgan ishlab chiqarish sexlaridagi yorug‘lik quyidagilarga xizmat qiladi:
‒ kо‘zni kam toliqtirish, kо‘rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat 
unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;
‒ ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy ta’sir 
kо‘rsatish;
‒ ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.
Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsinasanitariya 
talablari nuqtayi nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bо‘lgan tabiiy 
yorug‘likni qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy yorug‘lik tuzilishi bо‘yicha uch turli bо‘lib, binoning yon tomonidan, 
yuqorisidan va ikkovining birgalikda qо‘llanishi holatida amalga oshiriladi. Yon 
tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari 
orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik 
bilan esa, binoning tomidagi fonar gumbazlari orqali yoritiladi.
Kombinatsiyalangan yoki qurama yorug‘lik sexni ham yon tomonidan, ham 
yuqoridan birgalikda yoritishdir. Sexlarni tabiiy yorug‘lik bilan yoritishning bu turi 
ancha ratsional bо‘lib, sex bо‘yicha bir tekis yoritilganlik hosil qiladi. Ishlab 
chiqarish xonalarining yoritilishi bо‘yicha ish yuzlarining lyukslarda belgilangan 
yoritilganlik yorug‘lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir. Tabiiy 
yorug‘likda, sexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda о‘zgaradi. Bu 
о‘zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik 



omillari, yer yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. 
Shuning uchun, tabiiy yorug‘likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi 
sifatida ifodalash mumkin.
Sanoat korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko‘rsatkichlari 
bilan tavsiflanadi. Son ko‘rsatkichlariga nur oqimi, yorug‘lik kuchi, yorqinlik, nur 
qaytarish koeffitsentlari, yorug‘lik kiradi. 

Download 72.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling