Laboratoriya ishi Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari
Kimyoviy tajribalar o‘qitish jarayonida qachon qo‘llaniladi
Download 52.15 Kb.
|
Yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo laboratoriyasi idishlari va asboblari
3.5.Kimyoviy tajribalar o‘qitish jarayonida qachon qo‘llaniladi.Ko‘rgazmali tajribalar uslubiyoti.Tajribaning maqsadini aniqlash.Tajriba ko‘rsatiladigan asbobning tasviri, kerakli sharoit va reaktivlar bilan
tanishtirish.O‘quvchilarning kuzatishini tashkil etish. O‘qituvchi asbobning qaysitomonini kuzatish kerakligini, nimani kutish kerakligini aniqlab berish kerak.7-sinf Ko‘rsatiladigan tajribalar:1. Turli xildagi suyuqliklar zichligini areometr yordamida o‘lchash.2. Kimyoviy hodisalarga misollar: shakarni qizdirganda o‘zgarishi, parafinva gugurt cho‘pining yonishi.3. Suv molekulasining elektr toki ta’sirida parchalanishi.4. Oltingugurtning temir yoki rux bilan birikishi.5. Atomlarning modellari yordamida turli molekulalar modellarini yasash.Kislorodning fizik xossalari bilan tanishish.7. Kislorodda temir, oltingugurt, cho‘g‘langan yog‘ochning yonishi8. Vodorod peroksidni katalizator ishtirokida parchalanishini ko‘rsatish.9. Havodagi kislorod miqdorini aniqlash.10. Moddaning yonishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar va alangani o‘chirishvositalari bilan tanishtirish.11.Vodorodning fizik xossalari bilan tanishtirish.12. Kipp apparatining tuzilishi va ishlatish qoidalari bilan tanishish.13. Vodorodning havoda va kislorodda yonishi. Vodorodni yondirishdagiehtiyot choralarini ko‘rsatish.14. Tabiiy suvni haydash yo‘li bilan toza (distillangan) suv olish.15. Suvni tarkibiy qismlarga ajratish.1 Suv molekulasini oddiy moddalardan olish. Analiz va sintez xaqidatushunchaberish.17.Suvning metallar (kalsiy, natriy, magniy) bilan o‘zaro ta’siri.18. O‘yuvchi natriy va so‘ndirilgan ohakning suvda erishi.19. Xlorid, nitrat va sulfat kislotalarning fizik xossalari va indikatorlargata’siri.20. Kislota eritmasining indikatorlarga ta’siri.21. Kislotalarning metallar (temir, rux, alyuminiy, mis) ga ta’sirini o‘rganish. Kimyo laboratoriyasi idishlari va asboblariKimyo laboratoriyasida tajribalarni bajarishda issiqlikka, kislota, ishqor,erituvchilar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli maxsus idishlar vaasboblar ishlatiladi. Talaba laboratoriyada ishlatiladigan idishlar va asboblarningturi, hamda ularning vazifalarini mukammal bilishi lozim.Kimyolaboratoriyasidagi barcha asboblar 2 turga: umumiy va individual foydalanishasboblariga bo`linadi.Umumiy foydalanish asboblari - tarozilar, quritish shkaflari,qizdirish va kuydirish pechlari, havo surish nasoslari, idish quritgichlar vaboshqalar laboratoriyaga doimiy qo`yiladi hamda ulardan talabalar yil davomidafoydalaniladilar.Individual foydalanish asboblari – gaz yondirgichi, spirt lampasi,shtativ, probirkalar, kolbalar, o`lchov silindrlari, menzurkalar va boshqalartalabalar tomonidan bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqibfoydalaniladi.Quyida kimyo laboratoriyalarida qo`llaniladigan ayrim umumiy vaindividual foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so`zyuritiladi.Tarozi.Tarozi - kimyoviy jarayonlarning natijalarini miqdoriy jihatdan aniqlashdafoydalaniladigan eng muhim asbobdir. Kimyoviy tajribani to`la tavsiflash, asosan,tarozida aniq tortishga bog`liqdir.Analitik tarozi.Analitik tarozi texnokimyoviy tarozidan aniqligi va juda sezgirligibilan farq qiladi. Shuning uchun katta aniqlik bilan (0,0002-0,0001 grammgacha)tortish talab qilinganda analitik tarozidan foydalaniladi .Talabalarga analitiktarozida ishlashga faqat o`qituvchi yoki laborantlar nazorati ostidagina ruxsatetiladi.Spirt lampasi va gaz yondirgichlari.Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirtlampasi va gaz yondirgichlari ishlatiladi Spirt lampasi odatda shishadan yasalganbo`lib, uning zich berkitib turadigan qalpog`i, paxtadan tayyorlangan piligi bo`ladi.Unga denaturat etil spirti quyiladi. Spirt lampadan foydalanib bo`lingach, uningichidagi spirt uchib ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib qo`yiladi.Kimyoviy va o`lchov shisha idishlarTajriba ishining mazmuniga va qanday sharoitda o`tkazilishiga qarab kimyolabarotoriyalarida turli xil idishlardan foydalaniladi. Ko`pincha shisha idishlardanprobirka (1), stakan (2), yassi tubli, yumalok tubli va konussimon kolbalar (3,4,5),voronka (6), byuks (7), soat oynasi (8) ishlatiladi.Bunday o`lchov idishlarida qaynatish, bug`latish, kimyoviy reaksiyalar va shungao`xshash boshqa jarayonlarni o`tkazish mumkin emas Laboratoriyada ishlashqoidalari. Birinchi yordam ko‘rsatish. Kimyoviy idishlarKimyoviy laboratoriyalarida ishlayotgan har bir shaxs tamonidan ishlatilayotgan kimyoviy moddalar, ulardan olingan mahsulotlarning xossalari, ya`ni zaharlilik,yong`in va portlashdan xavflilik darajalari haqida va maboda ehtiyotsizliknatijasida zaharlanish, kuyish yoki tok urishi hollari yuz beradigan bo`lsa, birinchiyordam ko`rsatish usullarini bilmog`i lozim.Kimyoviy moddalarning xususiyatlarini va ulardan foydalanilayotganda qandayehtiyot choralariga rioya qilish lozimligini bilmaslik baxtsiz voqealarga va og`iroqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa portlovchi, engil alangalanadigan vao`yuvchi, zaharli moddalar bilan muomala qilayotganda juda ehtiyot bo`lish kerak. Download 52.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling