Laboratoriya ishi magnit maydoni induksiyasini aniqlash


O’lchash qurilmasining tavsifi


Download 438.97 Kb.
bet4/6
Sana13.12.2022
Hajmi438.97 Kb.
#1000243
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Magnit maydonini o\'rganish

2.2. O’lchash qurilmasining tavsifi.
Doimiy magnit maydoni qutblari orasida hosil bo’ladigan bir jinsli magnit maydoni induksiyasining qiymatini tajribada o’lchash imkoniyatini beradigan qurilmaning tuzilishi 6-rasmda tasvirlangan.

6-rasm.
Qurilma quyidagi qismlardan tashkil topgan:richagli tarozining P1 va P2-posangilar o’rnatilgan, Sh-shaynining chap tomoniga to’g’ri burchakli r-ramka (mis simning N=32 o’ramidan yasalgan va o’lchamlari S= =8x15 cm2 bo’lgan), o’ng tomoniga esa T-toshlar qo’yiladigan P-palla osilgan. Ramkaning pastki tomoni, o’lchamlari 1,5x8x12 sm bo’lgan va bir-biridan 4,5 sm uzoqlikda o’zaro paralel holatda joylashgan, 2 ta doimiy magnit orasida, uning N va S qutblariga perpendikulyar holatda joylashtirilgan. Uning pastki tamoni gorizontal holatda, va doimiy magnit qutblari orasida hosil bo’ladigan bir jinsli magnit maydoni induksiyasi chiziqlariga tik yo’nalishda o’rnatilishi muhimdir.
Ramkaga J tok K-kalitni ulab to’g’rlagichning “12 V” chiqishidan R-reostat orqali beriladi va uning qiymati ampermetr bilan o’lchanadi. Qurilma quyidagicha ishlaydi: tarozining S-shovuni vertikal holatga va yelkalari muvozanat holatga (P1 va P2-posangilarni u yoki bu tomonga surib) keltiriladi (K-kalit ochiq holatda). K-kalitni ulab to’g’rilagichdan R-reostat orqali ramkaga tok beriladi (6-rasmdagi yo’nalishda). Ramkaning tomoniga kattaligi (17) ifoda bilan aniqlanadigan Amper kuchi ta’sir qiladi va natijada uning muvozanati buziladi. O’ng pallaga m-massali toshlar quyib uning muvozanat holati yana tiklanadi.
Tarozining muvozanat shartidan quyidagi tenglik olinadi:
FAmax=NJ B=mg. (19)
Bu tenglikdan B-ning qiymatini tajribadan hisoblash uchun quyidagi asosiy ifodani olamiz:
(20)
Bu ifodani (18) ifoda bilan solishtirib quyidagi xulosaga kelish mumkin. Ushbu ishda qo’llaniladigan usul bilan tarozi chap pallasidagi N-ta tok elementiga ta’sir kiladigan Amper kuchining maksimal kiymatini, tarozi o’ng pallasidagi toshlarning og’irlik kuchi bilan tenglashtirib (muvozanatlab) o’lchash orqali doimiy magnit maydoni induksiyasining qiymati aniqlanadi.

Download 438.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling