Laboratoriya ishi magnit maydoni induksiyasini aniqlash
III. Ishni bajarish tartibi va tajriba xatoliklarini hisoblash
Download 438.97 Kb.
|
5-Magnit maydonini o\'rganish
III. Ishni bajarish tartibi va tajriba xatoliklarini hisoblash.
A. Ishni bajarish tartibi. 6-rasmdagi qurilmaning elektr zanjirini yig’ing va uni o’qituvchi yoki laborantga tekshirtiring. Ramkaning, magnit maydoniga tik joylashgan, pastki a-tomoni uzunligini chizg’ich bilan o’lchang. Tarozi shovunini vertikal holatga keltiring(tarozi asosi ostidagi vintlarni burab). K-kalit ulanmagan holatda tarozining yelkalarini muvozanat holatga keltiring. Buning uchun uning P1 va P2 –posangilarini burab o’ng yoki chapga suring. Tarozi muvozanatga kelganda uning vertikal strelkasi “0” holat atrofida erkin tebranadi. To’g’rilagichni shahar elektr tarmog’iga ulab, uning “сеть” kalitini qo’shing R-reostat jilgichini Rmaks bo’ladigan holatga qo’ying. K- kalitni qo’shing R-reostat jilgichini surash bilan R-qarshilikning qiymatini kamaytirib, ramka orqali J=0,5 A tok o’tishiga erishing. Tarozining muvozanati buziladi. Uning o’ng pallasiga m-massasi toshlar qo’yib, dastlabki muvozanatini tiklang. J va m-larning qiymatlarini yozib oling. (20) ifoda bo’yicha В-ning qiymatini hisoblang. Ramkaga R-qiymatini kamaytirib, navbat bilan 1 va 1,5 A toklar bering. 4-banddagidek kirishib, bu toklarning har bir qiymatida, tarozining buzilgan muvozanatini tiklang. Har bir muvozanat holatida o’ng pallaga qo’yilgan toshlarning massalarini yozib oling va (20) buyicha B-ni hisoblang. B-ning o’rtacha qiymatini hisoblang [ =(В1+В2+В3)/3]. Tajriba natijalarini quyidagi jadvalga yozing.
Download 438.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling