140
6-Laboratoriya ishi.
Mavzu: «Oqsillarning sifat reaksiyalari».
Ishning maqsadi: “Oqsillarning sifat reaksiyalari”
mavzusidagi
bilimlarni mustahkamlash va qo'llash.
Kerakli jihozlar: Probirkalar, probirkalar uchun shtativ, suvli
hammom
yoki spirt lampa, doka, voronka, tomizgich, shisha
tayoqcha, tovuq tuxumi.
Kerakli reaktivlar:
Tuxum oqining suvli eritmasi, 10% natriy gidroksid (
NaOH); eritmasi 30%
natriy
gidroksid eritmasi (
NaOH); 1% mis sulfat eritmasi (
CuSO
4
); 1% qo'rg'oshin asetat
eritmasi (
CH
3
-COO)
2
Pb; konsentrlangan nitrat kislotasi (
HNO
3
); ningidrin (
C
9
H
6
O
4
)
ning 0,5% eritmasi.
Texnika xavfsizligi:
Ish paytida himoya ko'zoynagini taqing, xalat va qo'lqop kiying. “Ksantoprotein
reaksiyasi”
tajribasini, ehtiyotkorlik bilan mo'rili shkafda o'tkazish lozim.
Video va boshqa
materiallar
Ishni bajarish tartibi:
1-Tajriba. Biuret reaksiyasi.
Ishqoriy
muhitda oqsillar, shuningdek ularning gidroliz mahsulotlari - peptidlar mis tuzlari
bilan binafsha yoki qizil - binafsha rang beradi. Reaksiya oqsillarda peptid bog'lari
borligidan
kelib chiqadi. Rangning intensivligi polipeptid uzunligiga bog'liq.
10-sinf 6-Laboratoriya ishi.
1-rasm. Biuret reaksiyasi.
1. Bitta tovuq tuxumini oqini sarig'idan ajratib oling.
2. Ajratilgan oqsilni 15-20 barobar ko'p distillangan
suvda eritib oling.
3. Olingan aralashmani
shisha tayoq bilan yaxshilab
aralashtiring.
4. Keyin hosil bo'lgan eritmani 3-4 qatlam qilib o'ralgan
filtr qog'oz orqali filtrlang.
5. Tomizgich yordamida probirkaga 5 tomchi tuxum oqi
eritmasini quying.
6. Keyin ustiga 10 tomchi 10% ishqor (