Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko'rgazmali tarzda ko'rsatib turadi. Ma`lumki, operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko'p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o'nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xalos etadi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri bo'lib, operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.
Norton Commander dan foydalanuvchi qobiq dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to'g'ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug'i yoki amaliy dastur bajarib bo'lingandan so'ng yana Norton Commander ga qaytiladi.
Kompyuterlar texnik tomondan mukammallashib, ularning grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq dasturlar yaratish fikrini uyg'otdi. Bu ishga birinchi bo'lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur kompaniya tomonidan 1985 yilda yaratilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq-dasturi aytarlik afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda chiroyliroq tasvirlangan. Shunday bo'lsada, u grafik qobiq-dasturlarning keyingi naqllarini yaratilishiga turtki bo'ldi. 1987 yilda yaratilgan WINDOWS 2.0 grafik qobiqda WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lsada, foydalanuvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi. 1990 yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. Keyinchalik, 1992 yilda WINDOWS 3.1 yaratilib, unda WINDOWS 3.0 da yo'l qo'yilgan xatolar bartaraf etildi. 1993 yilda bir nechta kompyuterlarni bir biri bilan bog'lab ishlatish imkoniyatini (lokal tarmoq, bu haqda keyingi paragraflarda batafsil fikr yuritiladi) beruvchi WINDOWS 3.11 dasturlar tizimi yaratildi.
Quyida WINDOWS ni boshqa qobiq-dasturlardan farqlab turadigan ba`zi xususiyatlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |