Laboratoriya ishi. Molekulyar biologiyaning tadqiqot usullari. Gomogenatlardan subxujayraviy elementlarni ajratib olish
Download 16.48 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 lab mol biol (1)
laboratoriya ishi. Molekulyar biologiyaning tadqiqot usullari. Gomogenatlardan subxujayraviy elementlarni ajratib olish. Ishning maksadi: Molekulyar tadkikot uslublari uchun tayyorlangan gomogenatdan subxujayraviy elementlarni ajratib olish zarur buladi. Buning uchun gomogenat fiziologik eritma 0,8% yordamida suyultirilib, sentrifugalanadi. Subxujayraviy elementlar molekulyar ogirligiga karab, xara xil darajali sentrifuga aylanmasida chukmaga tushadi. Yadro, yirik granulular, mikrosomalar, ribosomalar, va gialoplazmaga ajraladi. Kuyidagi uslubdan foydalanib, subxujayraviy elementlar ajratib olinadi. Birinchi marta Ushbu uslubni Shneider 1948 yilda jigardan 0,25M saxaroza eritmasida subxujayraviy elementlarni ajratib olgan. Ishning borishi. Yadro fraksiyalarini ajratib olish. 10 ml 10% gomogenatdan 600 aylanish tezligida 10 minut sentrifgalanadi (6000 min.) Supernatant eritma usti suyukligi olib tashlanadi. Chukmada esa yadrolar, jigar shikastlanmagan xujayralari va eritrositlar buladi., ular ikki marta yuviladi va xar safar saxarozaning 0,25 M eritmasining 2,5 ml ida suyultiriladi. Va yadro fraksiyalari sifatida ishlatiladi. Mitoxorndrial fraksiyalarni ajratib olish. Kushilgan supernatant va yuvilgan eritmalar 8500 aylanish tezligida 10 minut davomida sentrifugalanadi (85 000 -min). Supernatant olib tashlanadi, chukma esa saxarozaning 0,25 M eritmasida (2,5 ml) ikki marta yuviladi. Bunda xar bir yuvilgan vaktda 8500 aylanish tezligida ikki marta sentrifugalanadi (85 000 –min). Olingan chukma suyultiriladi va mitoxondrial fraksiya sifatida ishlatiladi. Mikrosom fraksiyalarini ajratib olish. Kushilgan supernatant va yuvilgan eritmalar 18 000 aylanish tezligida 60 minut davomida sentrifugalanadi (1 000 000 -min). Xosil kilingan supernatant olib tashlanadi va chukma 2,5 ml saxaroza bilan ulchanib, yana 1000 000 aylanish tezligida sentrifugalanadi. Chukma saxarozada suyultirilib, mikrosom fraksiyalari sifatida ishlatiladi. 1 000 000 aylanish tezligida chukmaga tushmaydigan fraksiyalar. Xosil kilingan supernatant yuvilgan eritma Bilan birlashtiriladi va xajmi 25 mlga yetkaziladi. Bu xosil bulgan eritma chukma usti fraksiyasi deb yuritiladi yoki supernatant deb ataladi. 1-guruh Birlamchi manbadan olingan qismni o`qing va savollarga javob bering. Biokimyoviy tadqiqotlar va ularning uslubi. Bioximiklarning ishi tirik ob’ektlar bilan bog`liq bo`lganligi sababli biror bir moddani ajratib olish uchun yuqori darajadagi usullarni qo`llashi, odatdagi fizik-kimyoviy tahlillarga biologik moddalarda olib borish uchun bir qator qo`shimcha jarayonlarni bajarishi lozim bo`ladi. Biologik materialdan moddalarni ajratib olishda jarayonlarning borish tartibi taxminan quyidagicha bo`ladi: 1. Gomogenlash. 2. Ultrasentrifugalash. 3. Ekstraksiya. 4. Tahlil (reekstraksiya, issiqlik bilan ishlov berish, dializ, sedimentasiya, elektroforez, xromatografiya). Biologik moddalarni ajratib olish va tahlil qilish usuli ularning xususiyatlariga bog`liq holda tanlab olinadi. Ajratib olinadigan moddalarning tuzilmalarini va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, uni miqdoriy jihatdan o`rganish uchun turli xil fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy tahlil usullari, shuningdek ajratilgan birikmaning elektron tuzilmasini kvant-mexanik hisoblaridan foydalaniladi. Bu usullarni qo`llash biologik moddalarning tabiiy strukturasini saqlab qolish imkonini berishi kerak. Biologik materiallarni tekshirishda qo`yilgan maqsadga binoan lozim bo`lgan usullardan foydalaniladi. Eksperiment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun har qanday biologik materialni osonlik bilan olish mumkin, klinikada esa bu imkoniyat nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to`qimalari va dori preparatlari ishlatiladi. Plazma, qon zardobi va boshqa biologik suyuqliklar har xil tabiiy moddalarning suvda erigan aralashmasidan iborat. Fermentlar esa tabiatan murakkab oqsillardan tashkil topganligi sababli, ularni aniqlashda biologik suyuqliklarga tarkibini o`zgartiruvchi moddalar qo`shilmaydi, bordi-yu ferment kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, u suyultiriladi. Agarda biologik suyuqlikdagi ferment undagi tekshirilayotgan moddani katalizlab, aniqlashga to`sqinlik qilayotgan bo`lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan to`xtatiladi. Odatda, bu maqsad uchun uchhlorsirka kislotasi, nitrat, fosforvolframli, sulfat kislotalari yoki termik ta`sir qo`llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa oqsillar ham cho`kmaga tushadi. Download 16.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling