Laboratoriya ishi paxtaning namligini aniqlash
Download 42.94 Kb.
|
2-лаб 111
2-LABORATORIYA ISHI PAXTANING NAMLIGINI ANIQLASH Ishning maqsadi: Namlik va uni aniqlash usullarini o‘rganish. Paxta tarkibidagi namlik aniqlash. Topshiriqlar: 1.Paxta tarkibidagi namlik to‘g‘risida ma’lumot bering. 2.Paxta tarkibidagi namlikni aniqlash usullarini bayon eting. 3.USX-1 va VXS-M1 uskunalarining ishlash tartibi bilan tanishib, chizmasini chizing. Ishni bajarish tartibi:Namlik haqida tushunchaga ega bo‘lib, paxtani namligini aniqlovchi USX-1 va VXS-M1 priborlarida sinov o‘tkazing. Paxtaning namligi bir qancha omillar bilan belgilanib, u terim davridagi ob-havo sharoiti, dalaning mashina terimiga hozirlanganligi, paxtaning ochilishi va boshqa omillar ta’sir etadi. Namlik paxtaning tashqi va texnologik sifatidagi qimmatiga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Paxta tozalash korxonalarida terilgan paxtani bir vaqtning o‘zida qayta ishlash imkoniyati yo‘qligi tufayli uni uzoq muddat saqlashga to‘g‘ri keladi. Namligi yuqori paxta saqlash davrida o‘z-o‘zidan qizishi oqibatida chigitli paxta sifat ko‘rsatkichlarini pasayishiga olib keladi, ya’ni uning tolasining pishiqligini, chigitining yog‘liligini kamaytiradi, tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Qayta ishlash jarayonida esa texnologik mashinalarning bir maromda ishlashini qiyinlashtiradi va mahsulot sifatini keskin pasaytiradi. Haqiqiy namlik - bu ayni paytdagi namlik bo‘lib, ma’lum sharoitda qolgan materialning (paxtaning) o‘zidan chiqaradigan dastlabki suv hajmining foizli (%) belgilash nuqtasidir. Belgilangan asosiy namlik - bu shartli namlik bo‘lib, andoza va texnik sharoitlarda ko‘rsatilgan qoida hisoblanadi, u chigitli paxtaga qo‘yilgan texnik talablardir. CHigitli paxta va paxta mahsulotlarini namligini tezkor usulda aniqlash uchun paxta tozalash korxonalari va tayyorlov maskanlari laboratoriyalariga o‘rnatiladigan USX-1 yoki VXS-M1 termonamo‘lchagich asboblarida foydalaniladi (15-rasm). USX-1 uskunasi asosi (10), qizdirish moslamasidan (4) asos (3) va prujina (11)dan iborat. Termonamo‘lchagichning oldi tomonidagi yuqori paneliga «quritish» (5), «tayyor» (6) signal chiroqchalari, «yurgizish» (7) va «to‘xtashi» (8) tugmalari, «tumbler» (9), chiroqcha (1) va «saqlagich» (11) lar joylashgan. Ulardan pastroqda ustki va ostki qizdirish moslamalarining temperaturasini belgilagan darajada (19520S) saqlaydigan KVM-503 tipdagi ikkita potensiometr (9) joylashgan. USX-1 namo‘lchagich asbobida sinov o‘tkazish uchun 40 g hajmdagi o‘rtacha namuna olinadi: agar namuna namligi 20% dan yuqori bo‘lsa, 40 g dan ikkita olinadi. USX-1 termonamo‘lchagich asbobida sinov o‘tkazishda isitish yuzalarining ishchi harorati 195+2 S0 da bo‘ladi.USX-1 termonamo‘lchagich asbobida sinab ko‘rishga olingan 40g vazndagi chigitli paxta alyumin qorishmasidan tayyorlangan plitaga bir tekisda yoyiladi va asbobning dastagi yopiladi. So‘ngra “quritish” degan tugmacha bosiladi, shundan so‘ng «4» daqiqayu 45 soniyadan so‘ng pribor ogohlantiruvchi ovoz beradi va «5» daqiqa o‘tgach, quritish vaqti tugadi deb ogohlantirib “Quritish “ lampasi o‘chadi. SHundan keyin asbobni ochib chigitli paxta alohida idishga solinadi. Quritilgan namuna tezlik bilan idishdan olinib, 0,01 aniqlikdagi VLKT-500 rusumli elektron tarozida tartib massasi aniqladi. 16-rasm. USX-1 belgili termonamo‘lchagich. 1-tumbler, 2-lampochka, saqlagich, 3-qizdirish moslamasi, 4-qizdirish moslamasi, 5-yurgizish tugmasi, 6-quritish signal lampasi, 7-tayyor signal lampasi, 8-to‘xtatish tugmasi, 9-potensiometr, 10-asos, 11-prujina, 12-asos. Paxtaning namligini VXS-M1 termonamo‘lchagichida ham aniqlanadi. Bu asbobning ishlash tartibi yuqorida bayon qilingan USX-1 termonamo‘lchagich asbobining ishlash tartibi bilan bir xil (17-rasm). VXS-M1 termonamo‘lchagichning texnik xarakteristikasi
17-rasm. VXS-M1 termonamo‘lchagich uskunasining umumiy ko‘rinishi va sxemasi. Paxta namligi quyidagi formula bilan hisoblanadi: bu erda:mn- namunaning quritilmasdan oldingi vazni, 40 gr; mq- namunaning quritilgandan keyingi vazni, g; 0,6- uskunaning xatolik koeffitsienti; V- paxtaning haqiqiy namligi,%. CHigitning namligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu erda: mn- chigitning quritilguncha bo‘lgan vazni 50 gr; mq-olingan namunaning quritilgandan keyingi vazni, gr; 0,5-uskunaning xatolik koeffitsienti; V- chigitning haqiqiy namligi,%. Tolaning namligini quyidagi formula bilan aniqlanidi: bu erda: mn-namunaning tolaning quritilguncha bo‘lgan vazni 20 gr; mq- olingan namunaning quritilgandan keyingi vazni, g; 0,4-uskunaning tola uchun xatolik koeffitsienti; V- chigitning haqiqiy namligi,%. Agar sinov qayta-qayta o‘tkazilsa, unda chigitli paxtaning namligi USX-1 asbobida quritilgach, o‘rtacha namunaning bir qanchasi (2,3,...,5) hisobidan aniqlanadi. Download 42.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling