Laboratoriya ishi raqamli mobil radioaloqa tizimi


Download 37.84 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi37.84 Kb.
#1442046
  1   2
Bog'liq
Laboratoriya ishi -6


6-LABORATORIYA ISHI
RAQAMLI MOBIL RADIOALOQA TIZIMI


Ishdan maqsad: Raqamli mobil radioaloqa tizmini o’rganish sxemalarni tadqiq qilish va o’rganish.
Aviatsion aloqa fuqoro aviatsiyasining xavo yo'llarida harakatni boshqarishda asosiy o'rin tutadi. Havoda tashishning ortishi, havodagi harakatlarning ko'payganligi, uchish apparatlarining uchish uzoqligi va tezligi ortishi munosabati bilan aloqa jixozlariga qo'yilgan talablar ham kuchayib bormokda.
Aviatsion aloqani yuqori darajada amalga oshirish uchish havfsizligi va uchish apparat uchishining tinimsizligini ta'minlash, fuqaro aviatsiyasi korxonalarining tehnologik va ekspluatasion faoliyatini normal ta'minlashga imkon beradi.
Aviatsion radioaloqa tashkil qilish fuqaro aviatsiyasi tavsiyasi bilan bajarilib, tavsiyaga asosan havodagi aloqa, yerdagi aloqa, aeroport ichidagi aloqa, tijorat aloqasi va xalqaro aloqalarga bo'lingan:
Havodagi aloqa havodagi harakatni boshqarish va uchayotgan uchish apparatla-rining o’zaro bog’lanishlari uchun tashkil qilingan.
Yerdagi aloqa dispetcherlik punktlar xizmatchilari orasida bog’lanish, havodagi harakatni boshqarish uchun malumat uzatish va yerdagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ta'minlash uchun tashkil qilingan.
Aeroport ichidagi aloqa aeroport ichidagi xizmatchilarning barcha ishlab chiqarish va tehnologik faoliyatini ta'minlash uchun tashkil qilingan.
Tijorat aloqasi havo transporti xizmatchilarining aholiga xizmatini va xalq ho'jaligi ishlarini ta'minlashlari uchun tashkil qilingan.
Xalqaro aloqa davlatimiz va boshqa barcha davlatlar fuqaro aviatsiya xizmatchilari orasidagi hamkorlik va xalqaro aviatsiya yo'llarida uchish apparat uchishini ta'minlash uchun tashkil qilingan.
Yuqorida keltirilgan aloqa tashkil qilishning eng zaruriysi havo¬dagi aloqani tashkil qilish bo'lib hozirgi kunda bu masala havodagi radio¬aloqa bilan taminlanadi. Havodagi radioaloqa yordamida to'gridan-to'gri uchish-qo'nish zonasida uchishni boshqarish bajariladi. Bunda burilish, start, qo'nish va aylantirish dispetcherlari ishtirok etadilar. Bunday aloqa aerodrom hududidagi dispetcherlar orasidagi bog’lanishlarni ham amalga oshirishda ishlatiladi.
Havodagi harakatni boshqarish vaqtida har bir dispetcherlik punkti uchish apparat bilan ishonchli aloqa bog’lashi lozim. havodagi radioaloqani amalga oshirish o'z kanallari bo'yicha ta'minlanib, ishlatgan chastotasi, xizmat turi, aloqa tavsifi va ma'lumot almashishi bo'yicha farqlanadilar.
Ishlatadigan chastotalari bo'yicha o'rta to'lqinda, qisqa to'lqinda va o'ta qisqa to'lqinda radioaloqa amalga oshiriladi.
O'ta qisqa to'lqinli radioaloqa kanallari yordamida dispetcherlik punkti xizmatchilari bilan uchish apparat ekipaji orasidagi aloqa ta'minlanadi.
qisqa to'lqinli radioaloqa kanallarida uzoqdan aloqa ta'minlanadi.
O'rta to'lqinli kanallar qisqa to'lqinli kanal ishlatib bo'lmaydigan zonalarda, ayniqsa, shimoliy rayonlarda ishlatiladi.
O'ta qisqa to'lqinli kanalda aloqa 117, 975 - 135 MGs chastotalarda amalga oshiriladi.Bunday aloqa ta’sir doirasi yerdagi radiostansiya quvvatiga, uchish balandligiga va tulqinning to'gridan-to'gri ko’rinishda tarqalishiga bog’lik bo'ladi.
Uchish balandligi ortishi bilan aloqa uzoqligi quvvatga bog’liqligiga nisbatan balandlikga ko'proq bog’lik bo'ladi.
1-topshiriq
1000 m balandlikda UKV aloqa uzoqligi 120 - 130 km bo'lsa, qanday balandlikda aloqa uzoqligi qancha kmni tashkil etadi ?

Download 37.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling