Laboratoriya ishi raqamli mobil radioaloqa tizimi
Bajarish uchun variantlar
Download 37.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqLaboratoriya ishi -6
Bajarish uchun variantlar
Qisqa to'lqinli (KV) radioaloqa xalqaro kelishuvlarga asosan 2,8 dan 18 MGs chastotalar oralig’ini ishlatadi. qisqa to'lqinli radioaloqa uzoqligi 2000 dan 6000 km gacha bo'lishi mumkin. Ishlatilishiga qarab havodagi radioaloqa, radiotelefon va radiotelegraf aloqalarga bo'linadi. Ulardan radiotelefon aloqa asosiy bo'lib (KV va UKV diapazon), uchish apparatining uchish-qo'nishdagi barcha bosqich ishlarini bajarishda ishlatiladi. Bunday aloqa operativ bo'lib, uchish sharoiti tez o'zgaradigan vaqtlarda ekipajga so'z orqali buyruq uzatilib turiladi. 1-rasm. Jo’natuvchi va qabul qiluvchi tizimning strukturaviy sxemasi Radiotelegraf aloqa ham KV va UKV chastotalar oralig’ini ishlatadi. Ko'p o'rinli samoletlardan xabar telegraf uzib-ulagichi orqali uzatilib. telefonda qabul qilib olinadi. Havodagi radioaloqa tizimning aloqa bog’lashiga qarab simpleks, dupleks va yarimdupleks aloqalarga bo'linadi. Simpleks aloqa vaqtida aloqa yo'li orqali boglanuvchining oxiridagi radiostansiya faqat axborat uzatish uchun yoki faqat axborot qabul qilish uchun xizmat qiladi.Yani simpleks aloqada bir tomonlamali aloqa amalga oshiriladi. Uzatish holatidan qabul qilish holatiga o’tkazish uchun oxirida¬gi radiostansiyaga maxsus ogohlantirish signali yuboriladi. Dupleks aloqa vaqtida aloqa yo'lining ikkila tomonidagi muhbirlar bir vaqtning uzida axborat uzatishlari va qabul qilishlari mumkin. Yarimdupleks aloqa vaqtida bir vaqtning o'zida ham uzatkich, ham qabulqilgich ishlatilgan bo'lib ular bitta umumiy antennaga ulangan bo'ladi. Antenna esa kerakligiga qarab yoki uzatkichga yoki qabulqilgichga ulanib turadi. Bunday aloqada aloqa yo'lini ishlatadigan muhbirlar xabarni, yoki uzatadi, yoki qabul qilib oladi (ya’ni bir tomondagi muxbir simpleks aloqani ishlatadi). Radioaloqa amalga oshirish shakli bo'yicha birtomonlamali, ikkitomonla¬mali va sirkulyar radioaloqalarga bo'linadi. Bir tomonlamali radioaloqalarda xabar faqat bir tomonga uzatiladi. Ikki tomonlamali radioaloqa vaqtida aloqa yo'lining ikki tomonidagi muxbirlar bir birlari bilan bir vaqtning o'zida bog’lanadilar. Sirkulyar radioaloqa vaqtida bosh radiostansiya xabar uzatsa boshqa barcha radiostansiyalar bu xabarni qabul qilib oladilar, ya'ni sirkulyar aloqa bitta xabarni bir qancha ijrochilarga uzatish vaqtida ishlatiladi. H1=1000m L1=125km H2=2000m L2=? L2=(2000*125)/1000=250km Download 37.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling