Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish


Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс)


Download 116.28 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi116.28 Kb.
#1373938
1   2
Bog'liq
3-Laboratoriya ishi (1)

Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс)
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash uchun qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak.
Kommutatorga konsol kabeli orqali ulaniladi, tok energiyasi manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi, ishga tushirilish vaqtida oldi panelidagi “MODE” tugmasi bosib turiladi (3.4-rasm.).

3.4-rasm. “MODE” tugmasining kommutatorda joylashish o`rni.
Shu tarzda odatiy ishga tushish to`xtatiladi.
Loading "flash:/c2960-lanbase-mz.122-25.FX.bin"...
#############################
Boot process terminated.
switch:
Bundan keyin flash_init va load_helper buyruqlari kiritiladi va dir flash buyrug`ini foydalanish orqali flash xotiraning tarkibini ko`rish imkoniyati paydo bo`ladi.
switch: flash_init
Initializing Flash...
flashfs[0]: 3 files, 0 directories
flashfs[0]: 0 orphaned files, 0 orphaned directories
flashfs[0]: Total bytes: 64016384
flashfs[0]: Bytes used: 3059643
flashfs[0]: Bytes available: 60956741
flashfs[0]: flashfs fsck took 1 seconds.


...done Initializing Flash.
switch: load_helper
switch: dir flash:
Directory of flash:/
1 -rw- 3058048 c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin
3 -rw- 979 config.text
2 -rw- 616 vlan.dat
60956741 bytes available (3059643 bytes used)

Yuqoridagi flash xotiraning tarkibidan config.text, ya`ni kommutatorning konfiguratsion fayli ko`rib chiqiladi. Kommutator config.text konfiguratsion faylisiz ishga tushirilishi uchun nomi o`zgartiriladi. Bu rename flash:config.text flash:config.old buyrug`i bilan amalga oshiriladi va tekshiriladi


switch: rename flash:config.text flash:config.old
switch: dir.flash
Directory of flash:/
1 -rw- 3058048 c2950-i6q4l2-mz.121-22.EA4.bin
3 -rw- 979 config.old
2 -rw- 616 vlan.dat
60956741 bytes available (3059643 bytes used)
Bundan keyin, ishga tushishni boot buyrug`i orqali tiklaymiz.
switch: boot
Kommutator konfiguratsiya faylini topa olmaydi va usiz ishga tushadi. Endi imtiyozli rejimga kiriladi va konfiguratsiya fayli nomi qayta o`z nomiga rename flash:config.old flash:config.text buyrug`i orqali o`zgartiriladi va copy flash:config.text system:running-config buyrug`i orqali u ishga tushiriladi.
Switch>en
Switch#rename flash:config.old flash:config.text
Switch#copy flash:config.text system:running-config
Konfiguratsion fayl ishga tushirilganday keyin, yangi parol kirilsa bo`ladi
Switch1#conf t
Switch1(config)#enable secret NewPassword
Switch1(config)#enable password NewPassword
Switch1 (config)#line vty 0 4
Switch1 (config-line)#password NewPassword
Switch1 (config-line)#login
Switch1 (config-line)#exit
Switch1 (config)#line console 0
Switch1 (config-line)#password NewPassword
Switch1 (config-line)#login


Topshiriq
Har bir talaba yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bo`yicha Cisco Packet tracer muhitida laboratoriya ishini bajaradi. Bunda kommutator va marshrutizator qurilmalariga o`rnatilgan parollarning unitilishi yoki yo`qotilish holatlarida parollarni tiklash yoki qayta yangi parollarni o`rnatish jarayonini amalga oshiriladi.


Nazorat savollari



  1. Tarmoq qurilmalarining xavfsizligini ta’minlash vositalari

  2. Unitilgan parollarni qayta tiklashning qanday usullarini bilasiz?

  3. Qaysi holatlarda parollar qayta tiklanadi yoki yangi parol o`rnatiladi?

  4. Cisco qurilmalarida qanday xotira turlari mavjud?

Download 116.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling