Savol va mashqlar
1. Kimyoviy reaksiyaning tezligi deb nimaga aytiladi? υ qanday omillarga bog‘liq?
2. Kimyoviy muvozanat holati nima bilan xarakterlanadi?
3. Quyidagi reaksiyalarda kimyoviy muvozanat konstantasining matematik ifodasini yozing:
2SO2 + O2 2SO3 2NO2 N2O4
4. Le-Shatele prinsipini ta’riflab bering.
5. Quyidagi reaksiyalarda:
2CO+O2 2CO2 ΔH= ─284,24 kj/mol
H2+Br2 2HBr ΔH= ─29,91 kj/mol
2H2+O2 2H2O ΔH= ─28,45 kj/mol
a) bosim doimiy bo‘lib, harorat ortsa;
b) harorat doimiy bo‘lib, bosim ortsa, muvozanatning qay tarafga siljishini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |