Laboratoriya ishini bajarish va rasmiylashtirish tartibi


-rasm. Raqamli sekundomer


Download 100.51 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi100.51 Kb.
#190034
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-лаборатория иши

2-rasm. Raqamli sekundomer.
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob va materiallar

  1. “Tekis tezlanuvchan harakat” o‘quv-laboratoriya qurilmasining komplekti. Tavsifi yuqorida berilgan.

  2. Elektron (raqamli) sekundomer.

“Raqamli sekundomer” asbobi vaqt intervallarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sekundning mingdan bir ulushigacha qiymatni aniqlash imkonini beradi. Kvarsli generator sekundomerning vaqtni belgilovchi qurilmasi hisoblanadi. Kvars generatordan keladigan stabillashtirilgan chastota signali quyidagi funksiyalarni ta’minlovchi mikrokontrollerga keladi: tugmali ulagichlar va tashqi datchiklardan komanda signallarini qabul qilish; dasturdagi signallarni o‘rnatilgan ish rejimiga mos ravishda ishlab chiqish, ishlab chiqilgan natijalarni raqamli indikatsiya va svetodiod qurilmalariga uzatish. Rejimni tanlashning tegishli tugmasini bosish bilan talab qilinadigan ish rejimi o‘rnatiladi. Sekundomer beshta rejimda ishlaydi:

Rejim “1” sanoq boshidan yuzaga kelgan har bir impulsgacha vaqtni aniqlash imkonini beradi. Impulslarning maksimal soni: 6. «ВЫБОР» (TANLASH) tugmasini bosib har bir impulsgacha bo‘lgan vaqtni ko‘rish mumkin.

Rejim “2” ketma-ket impulslar orasidagi vaqt intervalini o‘lchash imkonini beradi. «ВЫБОР» (TANLASH) tugmasini bosganda bizni qiziqtiruvchi impulslar orasidagi vaqtni ko‘rish mumkin. Sanaladigan impulslarning maksimal qiymati: 6.

Rejim “3” sanoq boshidan yuzaga kelgan birinchi impulsgacha bo‘lgan vaqtni aniqlash imkonini beradi.

Rejim “4” sekundomerning standart rejimi.

Rejim “5” magnitni ulash rejimi.



  1. O‘lchov lentasi, o‘lchash qiymati – 1 mm.



Download 100.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling