Laboratoriya ishini bajarish va rasmiylashtirish tartibi


– aylanuvchi blok; 5 – yuk


Download 100.51 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi100.51 Kb.
#190034
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-лаборатория иши

4 – aylanuvchi blok; 5 – yuk.

Qurilma loyiha jihatidan aravacha (2) harakatlanadigan gorizontal joylashgan, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘naltiruvchi yo‘lkadan (1, 1-rasm) iborat. Bir tomondan yo‘lkaga aravachani to‘xtatish uchun to‘siq (3) va aylanuvchi blok o‘rnatilgan. Blok orqali bir uchi aravachaga, ikkinchi uchi erkin osilgan yukka (5) biriktirilgan vaznsiz kapron ip o‘tkazilgan. Dastlabki holatda aravachani elektromagnit tutib turadi va sekundomer ishga tushirilgach u aravachani qo‘yib yuboradi. Aravacha qo‘yib yuborilganda yuk harakatga kelib, aravachani ham ilgarilanma, ham tekis tezlanuvchan harakatlantiradi. Tajriba davomida aravachaning o‘zida uning massasini o‘zgartirish va shu bilan birga tezlanish xarakterini o‘zgartirish uchun yuklarni qo‘yish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Elektron sekundomer vaqt oraliqlarini o‘lchash uchun xizmat qiladi. XR2 ulagich orqali unga yo‘naltiruvchi yo‘lkaga mahkamlangan 6 ta datchik (D1 – D6) ulangan. Datchiklar aravachaning harakat boshlangandan keyin marshrutning ma’lum nuqtalari orqali o‘tgan vaqtini qayd qiladi. Oxirgi datchik komanda bergach vaqtni o‘lchash to‘xtatiladi. Shundan so‘ng svetodiodli indikatorda aravacha har bir yo‘l oralig‘ini qancha vaqtda bosib o‘tganligini ko‘rish mumkin. O‘lchashlar natijasi to‘rt xonali indikatorda aks etadi.

Fotoelementlarning datchiklari yo‘naltiruvchi tekislikka o‘rnatilgan, ularning orasidagi masofani darajalangan shkala bo‘yicha aniqlash mumkin.

Aravachaga og‘irlik kuchi, tayanchning reaksiya kuchi, dumalanish ishqalanish kuchi va havoning qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Kichik tezliklarda havoning qarshilik kuchini hisobga olmasa ham bo‘ladi, va bunday harakat boshlang‘ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat hisoblanadi. Demak, uni quyidagi qonnu orqali ifodalash mumkin:

(1)

bu erda S – bosib o‘tilgan yo‘l, a tezlanish, t – vaqt.

Bu qonunni tekshirish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Aravacha tekis tezlanuvchan harakat qilishi sababli, ixtiyoriy S uchun tezlanish o‘zgarmas bo‘ladi, ya’ni

(2)

Agar shunday bo‘lsa, demak, qonun o‘rinli. Shunday qilib, eksperimentning vazifasi tegishli S yo’llar uchun t vaqtni o‘lchash va (2) shartni tekshirish asosida tezlanishni aniqlashdan iborat.






Download 100.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling