Laboratoriya ishini bajarish va rasmiylashtirish tartibi


Download 116.18 Kb.
bet1/6
Sana09.01.2022
Hajmi116.18 Kb.
#264625
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Laboratoriya ishini bajarish va rasmiylashtirish tartibi


LABORATORIYA ISHINI BAJARISH VA

RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Laboratoriya ishlarini muvaffaqiyatli bajarishi va topshirishi uchun talaba quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:

  • Laboratoriya ishini bajarishga ruxsat olish uchun talaba ishning tarkibi va bajarilish tartibi bilan tanishgan, ishning konspektiga ega bo’lgan, tavsiya etilgan adabiyotlardan ishning nazariy qismini o’rgangan va dastlabki hisobotni muvaffaqiyatli topshirgan bo’lishi kerak.

  • Laboratoriya ishini bajarishdan avval bu ishga tegishli bo’lgan barcha qurilmalarni ishlash tartibi va vazifasini o’rganish va sxemani yig’ish (agar kerak bo’lsa) kerak. Sxemani professor - o’qituvchi tekshirib berganidan so’ng talaba ishni bajarishga ruxsat oladi.

  • Barcha o’lchashlar texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda va laboratoriya tavsifida keltirilgan tartibda olib boriladi.

  • Barcha qo’l yozmalar, qurilmalarning ko’rsatkichlari, o’lchashlar va hisoblashlarni talaba daftarga yozishi shart va bu daftar ishning oxirida professor – o’qituvchiga imzo qo’yishi uchun taqdim etiladi.

  • O’lchashlar va hisoblashlarning natijalari keyingi mashg’ulotda hisobot uchun rasmiylashtirilishi va taqdim etilishi zarur.

  • Hisobotda talaba quyidagilarni gapirib berishi kerak:

  • ishda aniqlanayotgan fizik kattalikni yoki o’rganilayotga fizik hodisani aniqlash metodi haqida barcha ishchi formulalarni ko’rsatgan holda gapirish;

  • ishga doir barcha chizma va sxemalarni chizish va tushuntirish;

  • jadvalga kiritilgan o’lchash natijalarini keltirish;

  • metodik ko’rsatmadagi qoidalarga asosan o’lchashlar xatoliklarini hisoblash;

  • o’lchash natijalari va barcha oraliq kattaliklarning birliklarini ko’rsatish.




  • Ishning hisoboti qat’iy ravishda talabaning o’zi mustaqil olgan natijalar asosida tayyorlanishi kerak.



Download 116.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling