Laboratoriya ishining maqsadi
Download 173.4 Kb.
|
3 лаборатория иши 2021
1-rasm. Silliq mikrometr
1-rasm, a, b da mikrometrning tuzilishi va sxemasi ko‘rsatilgan. Skoba 1 ning teshiklariga bir tomondan tovon 2, ikknnchi tomondan teshikli dasta 5 presslangan bo‘lib, teshik mikrometrik vint 4 uchun yo‘naltiruvchi vazifasini o‘taydi. Mikrometrik vint 4 o‘yiqlari va tashqi rezbasi bo‘lgan mikrogayka 7 ga burab kiritiladi. Bu rezbaga maxsus rostlash gaykasi 8 burab kirgiziladi, bu gayka esa «vintmikrogayka» birikmasida zazor butunlay yo‘qolguncha mikrogayka 7 ni qisadi.
Bu qurilma mikrogaykaga nisbatan buralish burchagiga bog‘liq holda vintning o‘q bo‘ylab aniq surilishini ta’minlaydi. Vint bir marta aylanganda uning toresti o‘q bo‘ylab rezba qadamiga teng masofaga, ya’ni 0,5 mm ga suriladi. Mikrometrik vintga baraban 6 kiydirilgan va o‘rnatuvchi qalpoqchagayka 9 bilan mahkamlangan. Qalpoqchagaykada uni va tartarak 10 ni tutashtiruvchi maxsus saqlash mexanizmi 12 montaj qilingan bo‘lib, o‘lchashda baraban 6 tartarak orqali aylantiriladi. Xrapovik g‘ildirak, tish va prujinadan tashkil topgan saqlash tartarak mexanizmi jag‘lar orasidagi kuch 0,7±0,2 N dan oshib ketsa, tartarak 10 ni o‘rnatish qalpoqchasi 9 va baraban 6 dan ajratadi va u xarakterli tarillagan ovoz chiqarib aylanadi.
Download 173.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling