1.2-ish. Bargni poyada joylashishi, barg metamorfozi, anizofiliya va geterofiliya hodisalarini o`rganish.
Kerakli jihozlar: tirik o`simlik bargli novdalari, gerbariylar yoki xona o`simliklari, rasmlar, slaydlar.
Ishning boorish tartibi: tirik o`simliklar novdalari, gerbariy yoki xona o`simliklaridan va 50-rasmdan foydalanib bargning poyada joylashish tartibi – ketma-ket, qarama-qarshi, xalqasimon joylashishi, bitta spiralda nechta barg joylashish holatlari o`rganiladi.
Gilos, aylant, zarang kabi o`simlik novdalaridan bargning anizofiliya hodisasi o`rganiladi va xulosa daftarga yoziladi;
Tut, turang`il kabi o`simlik bargi gerbariylari ko`rib chiqiladi va geterofiliya hodisasi aniqlanadi.
Gerbariy va xona o`simliklaridan, slayd va filmlardan foydalanib shakli o`zgargan barglarning tuzilishi, xususiyatlari, funksiyalari o`rganiladi hamda xulosalar daftarga qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |