Laboratoriya mashg’uloti-1 Mavzu: Delphidagi dasturning interfeys qismini yaratish


Download 46.44 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi46.44 Kb.
#193299
Bog'liq
1-laboratoriya


Laboratoriya mashg’uloti-1

Mavzu: Delphidagi dasturning interfeys qismini yaratish

Object Pascal dasturlash tilida har bir o’zgaruvchi e’lon qilinishi shart. Bu yerda nafaqat o’zgaruvchi borligi eslatiladi, balki u o’zgaruvchi uchun tip xam beriladi.



:;

- E’lon qilingan o’zgaruvchi nomi

- Object Pascal dasturlash tilining tiplaridan biri.

Misol uchun:

A:Real;

B:Real;


I:Integer;

Ko’rsatilgan misolda ikkita Real tipli, bitta Integer tipli o’zgaruvchi e’lon qilingan.

Bir xil tipli bir nechta o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun ularning orasiga vergul (,) qo’yib yoziladi va o’zgaruvchilar tugaganida ikki nuqta (:) qo’yiladi va tip nomi beriladi. Masalan:

A,b,c:Real;

X1,x2:Real;

Konstantalar

Object Pascal dasturlash tilida konstantalarning ko’rinishi ikki xil bo’lib, ular oddiy va nomlangan turlarga bo’linadi.

Oddiy konstanta – bu butun, haqiqiy, satrli, simvolli yoki mantiqiy ifoda bo’lishi mumkin.

Dastur matnida sonli konstantalar matematikada qanday yozilsa shunday yoziladi.

Masalan:


123

0,0


-524,03

0

Satrli va simvolli konstantalar qo’shtirnoq (‘) ichiga olib yoziladi. Masalan:



‘Object Pascal dasturlash tili’

‘Delphi 4’

‘2.4’

‘d’


Delphini ishga tushirish

Delphi ni ikki usulda ishga tushirish mumkin:



  1. Pusk (Start) knopkasi bosiladi, Programmы satri tanlanadi va Borland Delphi 4 satridan Delphi 4 oynasiga kirib ustiga sichqonchani chap tugmasini bosish bilan ;

  2. Ishchi stolga o’rnatilgan yorliqni ustiga sichqoncha ko’rsatkichini o’rnatib, chap tugmasini ikki marta bosish bilan (YOrliqni foydaluvchini o’zi yaratib olishi kerak).

Delphi da boshlangich amallar va proyektlar

Delphi ni ishga tushirgandan keyin uni ekran ko’rinishi hosil bo’lib, u unchalik oddiy emas. Ekranda beshta oyna xosil bo’ladi:



  1. bosh oyna-Delphi Project 1;

  2. forma oynasi -Form1,

  3. ob’ekt xossalarini taxrirlash oynasi- Object Inspector;

  4. ob’ektlar ruyxatini ko’rish oynasi – Object tree Viev;

  5. dastur kodlarini taxrirlash oynasi– Unit1.pas

Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bыlib,uning birinchi qatorida sarlavxa, ya’ni proyektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorda buyruqlar menyusi gorizontal ko’rinishda joylashgan. Keyingi qatorning chap tarafida uskunalar paneli va o’ng tarafida komponentalar palitrasi joylashgan.

DELPHI da kodlar muhiti

Delphi kodlar muhiti avtomatik tarzda Object Pascal dasturlash tilidagi kalit so’z larni (begin, end, procedure, const, var va bosh.) qalin hariflar bilan belgilaydi.

Malumot yozilgan satr (dastur izoxi)ni belgilash uchun figurali qavslardan foydalaniladi. Qavs ochilsa undan keyin turgan kodlar ko’rinishi o’zgaradi. Kerakli joyda qavs berkitilsa ko’rinishi o’zgargan kodlar faqat qavs oralig’idagina qoladi va dastur ishlash jarayonida shu oraliq ishlatilmaydi.



Delphi kodlar muhitining imkoniyatlaridan yana biri shuki, u yerga biror funktsiyani masalan: «StrToFloat» ni yozib, qavs ochsak satr ostida kichik oyna hosil bo’ladi. Bu oynada qavs ichidagi o’zgaruvchi tipi ko’rsatilgan bo’ladi, yoki biror operatorni masalan: Label1 ni yozib nuqta qo’yilsa satr ostida nuqtadan keyingi yozish mumkin bo’lgan operatorlar ro’yhati chiqadi va ulardan kerakligini tanlab qo’yishimiz mumkin.

Kodlar oynasida biror operator ustiga kursorni olib borib Ctrl+F1 tugmalari teng bosilsa shu operator haqidagi yordam oynasi hosil bo’ladi. U yerdan kerakli axborotni olish mumkin. Agar kursorni bo’sh joyga olib kelib F1 bosilsa umumiy yordam fayllari chiqadi.



Kodlar oynasida taxrirlash oddiy matn muxarrirlari kabi amalga oshiriladi. YA’ni belgilangan (blokka olingan) kod nusxasini olish, qirqib olish va kerakli joyga qo’yish mumkin. Undan tashqari kodlar ichidan kerakli belgini izlab topish va almashtirish, Delete tugmasi yordamida kursordan keyin turgan belgini, Backspace yordamida esa kursordan oldin turgan belgi yoki belgilarni o’chirish mumkin. Ctrl+, Ctrl+ klavishlari yordamida bir so’z keyinga va oldinga, PgDn, PgUp klavishlari yordamida esa bir ekran pastga va yuqoriga o’tiladi.

Proyekt

Dephi proyekti – bu kompilyator tomonidan, dastur yaratgandan so’ng, yaratilgan dasturga tegishli bo’lgan fayllar to’plamidir. Proyekt, bir yoki bir nechta proyekt fayllarini va modullarni o’z ichiga oladi (Unit moduli).

Download 46.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling