Laboratoriya mashG`uloti №1 mavzu: laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun texnika xavfsizlik qoidalari. Laboratoriya ishlarini bajarishda amal
Download 158.71 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYa MAShG`ULOTI №1 MAVZU: LABORATORIYA ISHLARINI O`TKAZISH UChUN TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI. Laboratoriya ishlarini bajarishda amal qilinadigan umumiy qoidalar 1. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun o`quv gruppasi 3-4 talabadan iborat birgadalarga bo`linadi. Brigadalar navbat bilan rejada ko`rsatilgan barcha ishlarni bajaradilar. Laboratoriya mashg`ulotlarini nazariy material o`rganilgandan so`ng boshlash maqsadga muvofiqdir. 2. Laboratoriyadagi 1-mashg`ulotda talabalar elektrotexnik qurilmalar bilan ishlashda amal qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishadilar. O`qituvchi tomonidan elektrotexnika laboratoriyasining ichki tartiblari bilan tanishtirilgach, so`ng har bir talaba, xavfsizlik texnikasidan “Yo`riqnoma” degan nazorat varaqasiga imzo qo`yadilar. 3. Har bir laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan oldin talaba savollar bo`yicha o`z bilimini tekshiradi. Agar qoniqarli baho olsagina talaba laboratoriya ishini bajarishga qo`yiladi 4. Oraliq savollari bo`yicha qoniqarsiz baho olgan va laboratoriya mashg`ulotida bo`lmagan talabalar, qo`shimcha darslarda laboratoriya bajaradilar. Qo`shimcha darslarda ham, laboratoriya mashg`ulotini boshlashdan oldin umumiy tartib bilan topshiradilar. Agar qayta topshirishda ham oraliq natijasi qoniqarsiz baholansa, u holda talaba o`qituvchiga og`zaki topshiradi. 5. Har bir talaba quyidagilarga e’tibor berishi kerak: a) qo`llanma bo`yicha laboratoriya ishi matnini puxta o`rganib chiqish; b) laboratoriya ishining elektr sxemasini chizib olish; v) bajariladigan laboratoriya ishiga tegishli nazariy ma’lumotlarini ko`rsatilgan adabiyotlardan o`rganib chiqish. 6. Ishni bajarishdan oldin har bir talaba tegishli laboratoriya ishida qo`llaniladigan o`lchov asboblari bilan tanishib, ularning pasportida beriladigan kattaliklar bo`yicha jadval tuzadilar. Bu jadvalda asbobning nomi, nominal kattaliklari, sistemasi, aniqlik klassi, zavoddan chiqqan nomeri aniq ko`rsatiladi. O`lchov asboblari strelkalarining boshlang`ich holati nolda bo`lishini albatta tekshirish zarur. Asbob strelkasini nolga keltirish laborant yoki o`qituvchi ishtirokida bajarilishi lozim. 7. Sxemani sodda, ulovchi o`tkazgich simlarini kesishgan joylarini kamroq, hamda tekshirish uchun qulay qilib yig`iladi. Birinchi navbatda tok zanjirlari yig`iladi, undan so`ng kuchlanish zanjirlari yig`iladi. 8. Sxemani albatta o`qituvchi yoki laborant tekshirishi shart. Sxemaning to`g`ri yig`ilganiga ishonch hosil qilingandan so`ng, laborant yoki o`qituvchi ishtirokida sxema tarmoqqa ulanadi yoki sxemaga kuchlanish beriladi. 9. Laboratoriyada nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlash zarur. Ishni bajarayotgan vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga e’tibor berish kerak. Zanjirga kuchlanish berilganda izolyatsiyasiz simlarga, klemmalarga qo`l bilan tegish qat’iy man qilinadi. Ayniqsa induktiv g`altaklari, kondensatorlari bo`lgan o`zgaruvchan tok zanjirlari bilan ishlashda juda ehtiyot bo`lish kerak, bunday zanjirlarda topshiriqni bajarish davomida rezonans hodisasi ro`y berishi mumkin. Bunday zanjirlardagi kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan ancha katta bo`lishi mumkin. 10. Hamma o`lchash va hisoblashlar bajarilgach, olingan natijalar o`qituvchiga ko`rsatiladi, agar o`lchash va hisoblash natijalari to`g`ri va yetarli bo`lsa, ishni tugatish mumkin. Undan so`ng sxema tarmoqdan ajaratiladi va uni dastlabki holatga keltiriladi. LATR, RNO lar boshlang`ich holatga keltirilib qo`yiladi, simlar yaxshilab taxlanib o`z joylariga qo`yiladi. 11. Har bir laboratoriya ishi bo`yicha talabalar hisobot tuzadilar. Hisobotni har bir talaba mustaqil, laboratoriyada ko`rsatilgan namunaga asosan tuzadi. Hisobot ko`k rangli ruchkada yoziladi, grafik va diagrammalar millimetrovkaga qalam yoki sterjin bilan lineyka va tsirkulь yordamida chiziladi. 12. Hisobotda quyidagilar bo`lishi kerak: Download 158.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling