Laboratoriya mashg’uloti №13 13-Mavzu: axborotlarni himoyalovchi texnik va dasturiy vositalar bilan ishlash ishdan maqsad
Download 19.5 Kb.
|
13-laboratoriya mashg\'uloti DOC Document (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli texnik va dasturiy vositalar
- Texnik ta’minot.
- Dasturiy ta’minot.
- Tafakkur ta’minoti (algoritmik ta’minot).
- Topshiriqlar
LABORATORIYA MASHG’ULOTI №13 13-Mavzu:AXBOROTLARNI HIMOYALOVCHI TEXNIK VA DASTURIY VOSITALAR BILAN ISHLASH Ishdan maqsad: Antivirus dasturiy vositalari bilan tanishishtirish. Antivirus dasturiy vositalari bazalarini yangilashni o'rganish. Fayllarni virusga tekshirishni o'rganish. Kerakli texnik va dasturiy vositalar: Shaxsiy kompyuter, operatsion tizim, . Masalaning qo‘yilishi: Talaba antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishi kerak. Axborot tizimining tarkibiy qismlari.Axborot tizimining tarkibiy qismlari- bu kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazasi, insonlar, aloqaning turli texnik va dasturiy vositalar va h.k.lardan iborta bo’lgan muhit hisoblanadi. Axborot tizimining funkstiyalarini unga yo’naltirilgan ATni bilmasdan turib amalga oshirib bo’lmaydi. Har qanday boshqa texnologiya kabi axborot tizimlari ham bir necha tarkibiy qismdan iborat: 1. Texnik ta’minot. Texnik ta’minot deganda jismonan zarur texnik asbob-uskunalar, mantiqan esa zarur tizim, mashinalar va boshqa anjomlarning tuzulmasini tashkil etish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, biror maqsadga erishish uchun zarur jismoniy qurilmalarning tayin tuzilishli majmuasidir, ya’ni nafaqat jismoniy asbob-uskunalar, balki u ularning mantiqiy tuzulmasini ham o’z ichiga oladi; 2.Dasturiy ta’minot. Jonsiz temirlarga «jon» kirituvchi qoidalar, ko’rsatmalar, buyruq va tamoyillar yig’indisini o’zida mujassam etgan dasturlar majmuasi. U bundan tashqari turli kelishuvlar, standartlar, ba’zi masalalarni boshqarish uchun mo’ljallangan qoidalarni ham aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda bu ta’minot axborot tizimlarining «nou-xau»si (know-how) bo’lib, u «axborot tizimlari qanday amalga oshiriladi?» degan savolga javob beradi. 3. Tafakkur ta’minoti (algoritmik ta’minot). axborot tizimlarining maqsadga muvofiqlik darajasini, texnik va dasturiy ta’minotlarning qachon, qaerda va nima sababdan qo’llanishini aniqlaydi, har bir aniq sharoit uchun barcha qadamlarni rejalashtiradi. Bu ta’minot «nima?» va «nega?» degan savollarga javob beradi hamda «nimaligini bilaman», «negaligini bilaman» texnologiyalari deb ataladi, boshqacha qilib aytsak bu ta’minot nimadan foydalanish yoki nimani qachon, qaerda va nima uchun qo’llash kerak degan savolga javob beradi. 4. Umuman olganda axborot tizimlarining eng muhim omili – bu uni qo’llab–quvvatlash tarmog’idir. Chunki bu tarmoq o’z ichiga shu axborot texnologiyasi bilan bog’liq bo’lgan barcha infrastrukturalar: jismoniy, tashkiliy, ma’muriy ham madaniy tuzulmalarni, bulardan tashqari axborot texnologiyalarning normal faoliyat ko’rsata olishi uchun echilishi zarur bo’lgan barcha muammolar, bino yoki kadrlar masalasidan tortib zarur standartlargacha oladi. Topshiriqlar Axborot xafsizligini ta'minlashga ehtiyoj nimalarda namoyon bo`ladi? Xafsizlik nuqtai nazaridan axborotni turkumlarga ajrating. Kompyuter viruslarining asosiy tashuvchilari nimalar hisoblanadi? Kompyuter virusi deganda nimani tushunasiz? Kompyuter viruslarining qanday turlarini bilasiz? Download 19.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling