Laboratoriya mashg’uloti-2 Mavzu: Isuzu avtomobillari texnik servisi texnologiyasi (2-soat) I. Ishdan maqsad: Izuzu
Download 42,46 Kb. Pdf ko'rish
|
Lab2
LABORATORIYA MASHG’ULOTI-2 Mavzu: Isuzu avtomobillari texnik servisi texnologiyasi (2-soat) I.Ishdan maqsad: Izuzu avtomobillariga texnik servisi (TS) da bajariladigan ishlar va ularning tarkibi bilan tanishish va TS o’tkazish ko’nikmasi hosil qilish. II.Ishning mazmuni: Ushbu laboratoriya ishi kafedraning laboratoriyasida yoki TXKS larning birida bajariladi va bunda talabalar Isuzu avtomobillari TS ida bajariladigan ishlar bilan amaliy jihatdan tanishadilar. III.Jihozlar va asboblar: Isuzu avtomobili, ko’rish chuqurchasi, chilangarlik asboblari majmui. IV. Ishni bajarish tartibi: 1. Isuzu avtomobili TS ida bajariladigan ishlar tarkibi bilan tanishish. 2. Davriy (har 8 ming km da) TS da bajariladigan ishlarni avtomobilda o’rganib ko’nikma hosil qilish. V. Umumiy ma’lumotlar: “Samarqand avtomobil zavod” ma’suliyati cheklangan jamiyat (MChJ) 100 foizli milliy kapitali asosida, bankrot deb tan olingan oʼzbek-turk "SamKochavto" Qoʼshma korxona (QK) bazasida 2006 yil noyabr oyida tashkil etildi. Oʼtgan yil oktyabr oyida "Oʼzavtosanoat" АK turk Koc Holdingdan QK dagi uning ulushini 300 ming dollarga sotib oldi hamda QK va kreditorlar ikki tomonlama kelishuv tuzdilar. Kreditorlari korxonani moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadidagi chora-tadbirlaridan biri etib, 2006- 2008 yillar davomida Yaponiya Itochu Corp bilan 3752 avtokomplekt dvigatellar, transmissiyalar va shassi yapon ISUZU Motors avtobuslarini yigʼishni koʼzda tutgan shartnoma tuzdilar. "Аsaka" oʼzbek davlat-aksiyadorlik tijorat banki 6 mlrd soʼm ustav fondi bilan "Oʼzavtosanoat" АK lizing kompaniyasi "Oʼzavtosanoat-lizing" ni tashkil etdilar. 1997 yili “АvtoVАZagregat” Samarqand Zavodi asosida aprel oyida avtozavod qurilishi boshlandi. Qurilish ishlari “DАMАS” turk qurilish montaj kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. 19-mart 1999-yil tijorat faoliyati boshlangan. Yuk koʼtaruvchanligi 1.5 dan 10 tonnagacha gacha boʼlgan 5 ta avtobus rusumi va 6 ta yuk tashish avtomobil rusumini oʼzlashtirish rejalashtirilgan. Birinchi yildayoq avtobusning 2 ta rusumi (M 23.9 va M 24.9) va yuk tashish avtomobillarining 3 ta rusumi (35.9, 80.12, 65.9) oʼzlashtirildi. 2000 yilda M 29.12 avtobus ishlab chiqarilishi oʼzlashtirildi. Bundan tashqari shu paytgacha zavodda 30 dan ortiq maxsus kuzov ishlab chiqarilishi oʼzlashtirildi. 2001 yilda 120.14 yuk mashinasi va M 23.12 avtobusi ishlab chiqarilishi oʼzlashtirildi. 2002 yilda M 50.12 avtobusi ishlab chiqarilishi oʼzlashtirildi. Dekabr oyida halqaro ISO 9001:2000 standarti boʼyicha Sifat Menejmenti Tizimi sertifikatlandi. Ilmiy-texnik progress va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning surʼatini hisobga olgan holda, avtoservis korxonalarning kelajakda yana ham takomillashishi va faoliyati sohasining rivojlanish yoʼnalishlari quyidagilar boʼlishi mumkin: - avtoservis korxonalari xodimlarning malakasini doimiy oshirib borish, ayniqsa zamonoviy bilimlar hisobiga, shuningdek shijoatkor oʼzgarayotgan bozor iqtisodi miqyosida; - ishlab chiqarishni tashkil qilishning ahamiyatini va boshqarish sifatini kuchaytirish; -avtoservis korxonalari ishlab chiqarish infratuzulmasini zamonoviy uskunalar bilan jihozlash va shunga yarasha avtotransport vositalariga texnik xizmati koʼrsatish va taʼmirlash texnologik jarayonlarni qoʼllash, investitsiyalarni, shu jumladan chet ellardan ham, jalb qilish bilan mustaxkamlash; - servis tarmoqlariga axborot xizmati koʼrsatishni, avtomobillarga xizmat koʼrsatishda va servisni rejalashtirishda axborot texnologiyalarni qoʼllashni kengaytirish; - avtoservis tarkibida texnik tashxislashni ahamiyatini oshirish; - avtotransport vositalari va uning qismlarining kundalik texnik holati haqidagi axborotlarni qoʼllashni kengaytirish, xizmat koʼrsatish va taʼmirlashni rejalashtirish uchun avtotransport vositasini texnik holat bashoratlash, uni oʼziga xizmat koʼrsatishni boshqarish subʼektiga aylantirish; - texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash tartibini nazorat qilish va xisobotini olib borishni hamda ularning natijalarini avtotransport vositalardan foydalanishda ahamiyatini oshirish; - firma servisini rivojlantirish; - respublikaning rivojlanayotgan xalqaro avtomagistral yoʼllar yoqasida servisni rivojlantirish; - avtotransport vositalarni ishga yaroqli holatda tutib turish ishlarini amalga oshirishda kichik tadbirkorlikning ahamiyatini jonlashtirish; -avtoservis korxonalari koʼrsatadigan xizmatlar roʼyxatini kengaytirish; - uzoq vaqt barqaror boʼladigan xizmatlarni va bunday xizmatlar isteʼmolchilari bilan davomli munosabatlarni yoʼlga qoʼyish; - avtoservisning turli koʼrinishlarini yaratish; - xalqaro sifat standartlarini qoʼllash bilan servis sifati menejmenti tizimini rivojlantirish; - avtotransport vositalar texnik servisi faoliyati xujjatlarini meʼyoriy bazasini takomillashtirish, bu sohada sertifikatsilash va standartlashtirishni rivojlantirish; - avtoservis korxonalari tashki koʼrinishi va ichki jixozlarni yaxshilash; - binolar, qurilmalar va uskunalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish. Download 42,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling