Laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Oqsillarni cho’ktirish reakstiyalari
Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy-er metall tuzlari bilan cho’ktirish
Download 49.44 Kb.
|
5-laboratoriya oqsillardan 17.04.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ammoniy sulfat bilan cho’ktirish
- Magniy sulfat yoki natriy xlorid bilan cho’ktirish
Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy-er metall tuzlari bilan cho’ktirish.Neytral ammoniy tuzlari, ishqoriy va ishqoriy-er metallar tuzlari – Na2SO4, (NH4)2SO4, NaSI, MgSO4 va boshqalar oqsil zarrachalarining zaryadlarini neytrallaydi va ularning degidrotastiyasiga (suvsizlanishiga) sabab bo’ladi, natijada cho’kma tushadi. Oksillarning bu cho’ktirish uslubi tuzlash deb ham ataladi. Tuzlash prostessi qaytar hisoblanadi. Cho’kmani suvda qayta eritish mumkin, bunda oqsilning xossalari ma’lum darajada tiklanishi kuzatiladi (masalan, fermentlarnint aktivligi, antigenlik xossasi). Tuzlash oqsillarni frakstiyalarga ajratishda, oqsillarni tozalash va ularni kristall shaklida ajratib olish uchun ko’llaniladi. Ammoniy sulfat bilan cho’ktirishReaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) Natriy xlor tuzi, kristall holda, v) ammoniy sulfat tuzi, kristall holda, g) ammoniy sulfatning to’yingan eritmasi, d) magniy sulfat, tuzi kristall holda, e) 1%-li sirka kislota. j) 10% li natriy ishqori, z) 1% mis sulfat. Ishning borishi: Probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasidan quyiladi va ustiga ammoniy sulfatning to’yingan eritmasidan shuncha hajmda solinadi va aralashtiriladi. Bunda dastlab globulinlar cho’kmaga tushadi, albuminlar eritmada qoladi. Shundan so’ng cho’kma filtr qog`ozi orqali fil’trlanadi. Filtratga ammoniy sulfatning kristallaridan to’yingan eritma holiga kelguncha solinadi (bunda oxirgi solingan tuz erimasligi kerak). Bunda albuminlar cho’kmaga tushadi. Shundan so’ng cho’kma filtrlab ajratib olinadi . Filtrat bilan biuret reakstiyasi qilib ko’riladi. Agar oqsil oxirigacha cho’kkan bo’lsa, bu reakstiya chiqmasligi kerak. Magniy sulfat yoki natriy xlorid bilan cho’ktirishIshning borishi: Ikkita probirkaga 2-3 ml dan tuxum oqsili eritmasidan quyiladi va birinchi probirkaga natriy xlordan, ikkinchisiga esamagniy sulfat tuzlarining kristallaridan to’yingan eritma hosil bo’lguncha solinadi. 5-6 minut o’tgach, cho’kma tusha boshlaydi. Bunda globulinlar cho’kmaga tushadi. Albuminlar ishqoriy va ishqoriy-er metall tuzlari ta’sirida cho’kmaydi. Cho’kma tushib bo’lgandan keyin probirkalardagi cho’kmalar filtrlab ajratib olinadi. Bunda albuminlar filtratda qoladi. Filtratga 1%-li sirka kislota tomiziladi. Bunda albuminlar cho’kmaga tusha boshlaydi. Shundan so’ng yana cho’kma filtrlab ajratib olinadi va filtrat bilan biuret reakstiyasi qilib ko’riladi. Shundan so’ng eritmada oqsil qolmaganligi isbot kilinadi. Oksillarni tuzlash yo’li bilan cho’ktirish sanoatda keng qo’llaniladi. Download 49.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling