Laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Oqsillarni cho’ktirish reakstiyalari


Download 49.44 Kb.
bet4/5
Sana29.09.2023
Hajmi49.44 Kb.
#1689835
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-laboratoriya oqsillardan 17.04.23

Ishning borishi.5 ta probirka olib, ularning har biriga 1 mldan oqsil eritmasidan solinadi. Birinchi probirkadagi oqsilni qaynaguncha qizdiriladi. Eritma loyqalanadi (oqsil atrofidagi gidrat qobig`i buziladi), lekin cho’kma tushmaydi. Bu erda bir xil zaryadli muhit bo’lgani uchun oqsilning koagulyastiyasi amalga oshmaydi.
Ikkinchi probirkadagi oksil eritmasiga avval 1 tomchi 1%- li sirka kislotasidan tomiziladi va keyin qaynatiladi, bunda oqsil tezda cho’kmaga tushadi, buning sababi shuki, oqsil molekulasidagi zaryadlar neytrallanib, oqsil o’zining izoelektrik nuqtasiga yaqinlashib qoladi.
Uchinchi probirkadagi oqsil eritmasiga 5 tomchi 10%- li sirka kislotasidan qo’shiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Bunda cho’kma tushmaydi, sababi oqsil molekulasi musbat zaryadlanib qoladi va koagulyastiyaga yo’l qo’ymaydi.
To’rtinchi probirkadagi oqsil eritmasining ustiga 5 tomchi 10% li natriy ishqoridan ko’shiladi va qaynaguncha qizdiriladi, bunda ham cho’kma tushmaydi, sababi oqsil molekulasi manfiy zaryadlanib qolgan bo’ladi.
Beshinchi probirkadagi oqsil eritmasining ustiga 5 tomchi 10%- li sirka kislotasidan solib, yana ustiga 5 tomchi natriy xlorning to’yingan eritmasidan solinadi va qaynaguncha qizdiriladi, natijada oqsil cho’kmaga tushadi.
  1. Oqsilni mineral kislotalar bilan cho’ktirish


Konstentrlangan mineral kislotalar (nitrat, sulfat, xlorid) oqsil zarrachalarining keskin degidrotastiyasiga va ularning zaryadlarini neytrallanishiga sabab bo’ladi, buning natijasida kompleks birikmalar hosil bo’lishi kuzatiladi.
Bu esa oqsilning qaytmas denaturastiyasiga olib keladi. Ortofosfat kislota oqsillar bilan cho’kma hosil qilmaydi.
Mineral kislotalar ta’sirida hosil bo’lgan cho’kmalarga sulfat kislota va xlorid kislotalarning yana ko’p miqdorda quyilishi natijasida cho’kma erib ketadi, lekin bu nitrat kislota bilan kuzatilmaydi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) konstentrlangan sulfat kislota, v) konstentrlangan xlorid kislota, g) konstentrlangan nitrat kislota.

Download 49.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling