Laboratoriya mashg‘uloti: Tuberkulyoz kasalligini aniqlash Mashg‘ulotning maqsadi


Qo‘zg‘atuvchilarni farqlash (tipizasiya)


Download 33.5 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1129079
1   2   3
Bog'liq
3-Tuberkulyoz kasalligini aniqlash

Qo‘zg‘atuvchilarni farqlash (tipizasiya).
M.bovis-kulturasi dengiz cho‘chqalari va quyonda generalizasiyalangan tuberkulyoz jarayonini paydo qiladi.
M.tuberculosis - dengiz cho‘chqalarida generalizasiyalangan, quyonlarda esa-o‘pkasida mahalliy jarayonni paydo qiladi.
M.avium-quyonlarda septik jarayon paydo qiladi, u o‘ladi. Ba’zida mahalliy jarayon paydo qiladi. Dengiz cho‘chqalarida faqat mahalliy jarayon (kultura yuborilgan joyda abssess) paydo qiladi.
Virulentligi past kulturani kislotaga chidamli saprofitlardan farqlash uchun 3ta test o‘tkaziladi:1.katalazali aktivlik-50% pergidrol eritmasi bilan gaz pufakchalari hosil bo‘lishi mm da o‘lchanib aniqlanadi. Saprofitlarda bu hususiyat yuqoriroq bo‘ladi. 2.Formamidaza aktivligi-formamid eritmasi va bir nechta kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan kulturali probirkada ko‘k halqa paydo bo‘ladi. Bu hol faqat saprofitlardagina namoyon bo‘ladi. 3.Dorilarga sezgirligi-tuberkulostat preparatlar (streptomisin, ftivazid, PASK va h.k) qo‘shilgan oziq muhitda o‘rganiladi.
M.tuberculosis va M.bovis lar ularga sezgir, saprofitlar va M.avium esa chidamlidir.
Biopreparatlar: BSG vaksinasi-M.Bovis vaksina shtammini quritilgan tirik kulturasi.
Tozalangan, quruq PPD tuberkulini, sutemizuvchilar uchun.
Alttuberkulin, sutemizuvchilar uchun.
PPD tuberkulini parrandalar uchun.


Nazorat savollari:
1.Tuberkulyozga tekshirish uchun patmaterial olish?
2.Laboratoriyada tekshirish usullarini ayting?
3.Qo‘zg‘atuvchining morfologik-tinktorial xususiyatlari?


Asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar
1. Salimov X.S., Qambarov A.A., Salimov I.X., “Epizootologiya va Infeksion kasalliklar” Darslik. Toshkent, 2021.
2. Salimov X.S., Qambarov A.A. “Epizootologiya” Darslik. Samarqand, 2016.
3. Parmanov M.P. va boshq., “Epizootologiya” Darslik. Samarqand, 2010.
4. Parmanov M.P. va boshq., “Epizootologiya” o‘quv qo‘llanma. T, 2007.
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling